General-leytenant Aushev O‘zbekiston veteranlaridan vatan himoyasida ogoh turishni so‘radi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovRuslan Aushev
Ruslan Aushev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Agar qayerdadir kichik bo‘lsa-da, "qo‘ng‘iroq jiringlasa" sizlar birinchilardan bo‘lib mamlakat rahbari bilan birgalikda o‘z davlatingiz suverenitetini himoya qilish uchun oyoqqa turishingiz shart", deya maslahat berdi Ruslan Aushev

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. "Jangovar qardoshlik - behudud" xalqaro ittifoqi oliy kengashi a’zosi, general-leytenant Ruslan Aushev Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston hukumatidan afg‘on urushi qatnashchilariga e’tiborli bo‘lishni va o‘z navbatida veteranlarning o‘zidan vatan himoyasida ogoh turishni so‘radi.

Ruslan Aushev - Sputnik O‘zbekiston
Ruslan Aushev O‘zbekistonning yangi nafasi va Afg‘onistondagi urush haqida - eksklyuziv

Aushev bugungi kunda SSSR armiyasi tarkibida Afg‘onistonga kirib borgan ofitserlarning o‘rtacha yoshi 58 ni tashkil etishini ta’kidlab, O‘zbekiston rasmiylaridan ularga nihoyatda e’tiborli bo‘lishni so‘radi.

"Bugun ularga mashina yoki mebel kerak emas. Bugun ularning hayoti sifatini yaxshilash kerak. Bu - yashash sharoiti, tibbiy muolajalar va turli ijtimoiy masalalardir. Chunki ular bunga loyiq. E’tibor bering, O‘zbekiston - sobiq ittifoq davlatlari orasida afg‘on veteranlaridan boshqa veteranlar mavjud bo‘lmagan kamsonli mamlakatlar qatoriga kiradi", - dedi Aushev.

Ingushetiyaning sobiq prezidenti MDH mamlakatlarida Donbass veteranlari, Karabax veteranlari, Gruziyadagi urush veteranlari borligini qo‘shimcha qildi va O‘zbekiston jangchi-veteranlariga qarab, "sizlar esa agar hammasini to‘g‘ri bajarsangiz, o‘z vatanida millatlararo mojaroga yo‘l qo‘ymagan oxirgi veteranlar bo‘lasizlar, men shunday deb o‘ylayman", dedi.

"Agar qayerdadir kichik bo‘lsa-da, "qo‘ng‘iroq jiringlasa" sizlar birinchilardan bo‘lib mamlakat rahbari bilan birgalikda o‘z davlatingiz suverenitetini himoya qilish uchun oyoqqa turishingiz shart", deya maslahat berdi Aushev.

General-leytenantning ushbu nasihatli so‘zlari tadbir ishtirokchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi.

Yangiliklar lentasi
0