Ayollarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan guruh Toshkent aeroportida to‘xtatildi

Obuna bo‘lish
Turkiyaga 2 nafar ayollarni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Shu yilning 30-yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, Toshkent shahridagi I.Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaning Istambul shahriga 2 nafar ayollarni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Devushka na doroge - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi

Jinoiy guruh a’zolari Istambul shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida aviachiptalar sotib oladilar.

Ular Istambulga yuborilayotgan ayollarga avvaliga 1500 dollar ishlab berish sharti bilan kelishadilar.

Daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan 1983-yilda tug‘ilgan Q.A. va 1985-yilda tug‘ilgan U.M.(ayol)ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0