O‘zbekistonda fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi

© VALERY HACHE / AFPDevushka na doroge
Devushka na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’qbul ish bilan shug‘ullanadiganlar o‘n besh sutkagacha qamoqqa olinishlari mumkin

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezident tomonidan ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun  imzolandi.

Tansovshisi - Sputnik O‘zbekiston
IIBB O‘zbekiston erkaklarini fohishalar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi

Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shug‘ullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha).

Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).

O‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘z vaqtida pasport olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilandi (buning uchun 18 yoshga qadar pasport olish kerak).

Qolaversa, ishga qabul qilishda endilikda propiska talab qilinmaydi bu haqda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Mehnat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0