Bosh prokuratura advokatlar ta’qib etilayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anonim so‘rovnoma asosida bayon etilgan ma’lumotlar qonunni qo‘llash amaliyotida mavjud vaziyatni tanqidiy baholash uchun jiddiy signal hisoblanadi.

TOShKENT, 4 fevr – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi anonim so‘rovnoma natijasida e’lon qilingan raqamlar jiddiy shubha uyg‘otadi, deb ma’lum qildi.

Joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston advokatlar Palatasi rasmiy saytida advokatlar faoliyatiga tazyiq o‘tkazish va qonunbuzilishi holatlari yuzasidan o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natijalari e’lon qilinib, xususan, kasbiy faoliyati davomida advokatlarning huquqlari surishtiruv, tergov organlari hamda sudlar tomonidan muntazam buzilayotganligi haqida tahliliy ma’lumotlar bayon qilingan. So‘rovda 3553 nafar advokat, ya’ni respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlarning 91% ishtirok etgan, deb qayd etilgan.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tadbirkorlarni tekshirishdan oldin prokuratura bilan kelishiladi

Bosh prokuratura bergan rasmiy bayonotda keltirilishicha, o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natijalarida advokatlarga himoya ostidagi shaxs bilan uchrashishga to‘sqinlik qilinishi holatlari surishtiruv jarayonida 461 tani, tergov davomida esa 328 tani tashkil etadi, deb ko‘rsatilgan.

“Vaholanki, amaldagi qonunchilikka binoan, advokat surishtiruv yoki tergov jarayonida himoya ostidagi shaxs bilan jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda holi uchrashishga haqli”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston IIV JIEBBning rasmiy ma’lumotlariga binoan, o‘tgan 2018-yilning o‘zida tergov hibsxonalari va yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasalarida advokatlarning o‘z himoyasi ostidagi shaxslar bilan uchrashuvlari soni 29 766 tani tashkil etgan. Shuningdek, har qanday tazyiq holatlarining oldini olish maqsadida tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarining barchasi videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Yil boshidan buyon 63 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi – Bosh prokuratura

Shuningdek, anonim so‘rovnoma natijalarida himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashish uchun maxsus xonalar mavjud emasligi yuzasidan 597 ta advokat e’tirozi qayd etilgan bo‘lsada, amalda respublikaning tergov hibsxonalari va yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasalarining har birida maxsus advokat xonalari (32 ta muassasada – 69 ta advokat xonasi) ajratilgan.

Xabarda yozilishicha, anonim so‘rovnoma natijalarida tergov organlari xodimlari tomonidan advokatga nisbatan haqoratli, kamsitadigan munosabatda bo‘lish holatlari 209 tani tashkil etadi, deb ko‘rsatilgan.

“O‘tgan 2018-yilda respublika miqyosida prokuratura organlariga advokatlardan o‘ziga nisbatan haqoratli va kamsituvchi munosabatda bo‘linganligi holati yuzasidan 2 ta murojaat kelib tushgan va qonuniy tartibda ko‘rib chiqilgan”, - deb aniqlik kiritadi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Shuningdek, anonim so‘rovnomada ishtirok etgan advokatlar tomonidan advokatga nisbatan jismoniy ziyon keltirish to‘g‘risida tahdid qilishning 208 holati mavjud, deb qayd etilgan bo‘lsada, 2018-yil davomida prokuratura va ichki ishlar organlariga bunday mazmundagi bironta ham rasmiy murojaat kelib tushmagan.

Shu bilan birga mazkur so‘rovnoma asosida bayon etilgan ma’lumotlar qonunni qo‘llash amaliyotida mavjud vaziyatni tanqidiy baholash uchun jiddiy signal hisoblanishi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0