Yil boshidan buyon 63 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi – Bosh prokuratura

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
12 595 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 2 052 nafarining faoliyati tiklangan

TOShKENT, 27-iyul – Sputnik. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida 3 145 ta sud qarorlari prokurorlar protestiga asosan bekor qilingan va qonunga muvofiqlashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hay’atining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining bildirishicha, qonunchilik ijrosi ustidan nazorat, shuningdek barcha islohotlar, shu jumladan davlat dasturlari ijrosini tashkil etish borasidagi tadbirlar natijasida 11 512 ta noqonuniy hujjat qonunga muvofiqlashtirilgan, 63 142 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.

Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 250,7 mlrd. so‘m zarar undirilgan.

“Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini kengaytirishga qaratilgan qonunlar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, 12 595 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 2 052 nafarining faoliyati tiklangan”, - deyiladi xabarda.

Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Prezident topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ko‘rilgan choralar natijasida o‘tgan 6 oyda umumiy jinoyatchilik 38,7 foizga kamayishiga erishilgan.

Jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritishda fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida ham qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 3 145 ta sud qarorlari prokurorlar protestiga asosan bekor qilingan va qonunga muvofiqlashtirilgan.

Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro burosi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida iste’molchilarga yetkazib berilgan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun 14,2 trln. so‘m, ijro hujjatlari bo‘yicha 8,7 trln. so‘m mablag‘lar undirilishi ta’minlangan.

Majlisda prokuratura organlari zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni so‘zsiz ijro etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, topshiriq va ko‘rsatmalarining qat’iy bajarilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0