TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Samarqandda joylashgan “Sino” AJ sovutgichlar zavodi sud tomonidan bankrot deb topildi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz.
Sino zavodi bu yil 45 yoshga to‘lgan edi. 1973-yilda qurilgan zavod "Pamir", "Snejinku", "Samarkand", "SINO" brendlari ostida mahsulot ishlab chiqargan. Zavod quvvati yiliga 250 mingta sovutgich ishlab chiqarishga moslashgan.
Samarqandda ishlab chiqarilgan xolodilniklar Polsha, Afg‘oniston, Xitoy va boshqa mamlakatlarga eksport qilingan. 1991-yilda Sino zavodi 211 mingta xolodilnik ishlab chiqargan edi.
So‘nggi 25-yilda zavod LG Electronics, Guangzhou Kinte Industrial kabi xorijiy brendlar bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va bir necha millionlab dollar sarmoyalar kiritilgan bo‘lsada, bugungi kunda respublikaning boshqa zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan raqobatga dosh bera olmadi.