MDH veteran-jangchilar birlashmalari rahbarlari Toshkentda yig‘ilishdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedanie Koordinatsionnogo Komiteta po delam voinov-internatsionalistov pri Sovete glav pravitelstv gosudarstv-uchastnikov SNG
Zasedanie Koordinatsionnogo Komiteta po delam voinov-internatsionalistov pri Sovete glav pravitelstv gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Cheklangan kontingentli sovet qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan chiqarilgani 30-yilligi sanasi Toshkentda tantanali nishonlanmoqda

TOShKENT, 2 fev - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 1-3 fevral kunlari VETERAN veteran-jangchilar va nogironlar birlashmasi tashkil topganining 25-yilligi hamda sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan keng ko‘lamdagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Predsedatel obyedineniya VETERAN Tal’at Muradov - Sputnik O‘zbekiston
Muradov: O‘zbekiston Afg‘oniston uchun Angliya, AQSh va SSSR berolmagan narsani bergan

1-fevral kuni o‘tkazilgan tantanali tadbirlarda "Boyevoe bratstvo" xalqaro ittifoqi Oliy kengashi a’zosi, Sovet ittifoqi Qahramoni general-leytenant Ruslan Aushev; RF Federal kengash Federal kengashi a’zosi, Afg‘oniston veteranlari Rossiya ittifoqi boshqarmasi raisi Frans Klinsevich, shuningdek, Belarus, Ukraina, Moldova, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Boltiqbo‘yi mamlakatlari veteran tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Toshkentda 1-fevral kuni MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashi huzuridagi jangchi-baynalmillalchilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi o‘tkazildi. Xuddi shu kunning o‘zida mehmonlar Temuriylar davlat muzeyi va Qurolli Kuchlar muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdilar va shahardagi tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.

Bugun, 2-fevral kuni Mustaqillik maydonidagi memorial-majmuada Afg‘onistonda sovet qo‘shinlari tarkibida o‘z harbiylik burchini ado etayotib halok bo‘lgan 1514 inson ismlari o‘yib yozilgan Xotira Kitobining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. So‘ngra "Turkiston" saroyida bayram konserti tashkillashtiriladi.

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridan veteranlar, halok bo‘lgan harbiylar oilasi a’zolari, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlari a’zolari taklif etilgan.

Barcha tadbirlar O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qaroriga binoan Hukumat, Mudofaa vazirligi, Yoshlar ittifoqi va jamoatchilik tashkilotlari ko‘magida tashkillashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0