O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimi soddalashtirildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUchitel raspakovivayet pribor v odnom iz klassov shkoli
Uchitel raspakovivayet pribor v odnom iz klassov shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Masofadan malaka oshirish menejerlik kursining tinglovchilari uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 3 ta blok 15 ta modul bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xalq ta’limi tizimidagi 1000 nafar rahbar va mutaxassis xodimlarning masofadan malakasini oshirish bo‘yicha 2019 yil rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, yanvar-aprel oylarida umumiy o‘rta ta’lim, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari rahbar kadrlari zaxirasi bo‘yicha 300 nafar tinglovchilarni masofadan malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Dilshod Kenjayev, zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Dilshod Kenjayev O‘zbekiston maktablarida 2019-yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida

Masofadan malaka oshirish menejerlik kursining tinglovchilari uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 3 ta blok 15 ta modul bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, 10 haftalik masofaviy ta’limdan so‘ng institutda yakuniy mashg‘ulotlar va yakuniy nazorat sinovlari o‘tkazilib, muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.

“Hozirgi kunda mutaxassislar malaka oshirishda masofaviy ta’lim tizimidan tobora kengroq foydalanib kelmoqda. Bu imkoniyatning afzalligi masofa va vaqt talab etmasligi, tinglovchining ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘z xohishiga muvofiq amalga oshirishi bilan belgilanadi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiya Ta’lim va madaniyat markazi ko‘magida Toshkentda "O‘zbbekistonda rus tili - yangi ufqlar" tanlovi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Pedagoglar tanlovning bir nechta bosqichlaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Birinchi bosqichda o‘qituvchilar "Kasbim sari yo‘l" mavzuyida esse yozishlari kerak bo‘ladi. Bu ishlar orasidan hay’at a’zolari 30 esseni tanlashadi va mualliflar keyingi turga yo‘l oladi.

Ikkinchi turda o‘qituvchilar maktab darsi videofragmentini tayyorlashadi. O‘n nafar g‘olib ismlari 2019-yil 10-iyunda "Rus gumanitar missiyasi" saytida e’lon qilinadi. Aynan mana shu o‘n g‘olib 2019-yil yoz faslida Rossiyaga sayohatga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Yangiliklar lentasi
0