O‘zbekiston Yak-130 o‘quv samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSamolet Yak-130 vo vremya demonstratsionnogo poleta
Samolet Yak-130 vo vremya demonstratsionnogo poleta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yak-130 – ikki o‘rinli o‘quv-jangovar samolyoti bo‘lib, u uchuvchilarni zamonaviy o‘ta manyovrli samolyotlarda uchish uchun tayyorlashga mo‘ljallangan.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan YaK-130 o‘quv-harbiy samolyotlarini sotib olishga qiziqish uyg‘otmoqda, deb yozadi “Kommersant” nashri.  

“Yak-130 samolyotlariga O‘zbekiston ham qiziqish uyg‘otmoqda, lekin hozircha muzokaralar boshlang‘ich bosqichda”, - deyilgan xabarda.

Irkutsk Aviatsiya zavodi so‘nggi vaqtlarda Yak-130 o‘quv samolyotlariga ko‘plab buyurtmalar olmoqda. Xususan, Bangladesh, Myanma, Belorussiya va Laos ham bir necha samolyot sotib olishgan.

AQSh O‘zbekistonga Koreya samolyotlari sotilishiga qarshi

Yak-130 – ikki o‘rinli o‘quv-jangovar samolyoti bo‘lib, u uchuvchilarni zamonaviy o‘ta manyovrli samolyotlarda uchish uchun tayyorlashga mo‘ljallangan.

Ushbu samolyotdan jangovar maqsadlarda yengil shturmovik, razvedkachi-samolyot, qiruvchi va bombardimonchi samolyotsifatida ham foydalansa bo‘ladi. Ayrim OAVlarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yak-130 asosida Rossiyada birinchi og‘ir jangovar uchuvchisiz apparat ham yaratilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin O‘zbekiston Janubiy Koreyadan Golden Eagle T-50 o‘quv samolyotlarini xarid qilmoqchi bo‘lganda AQSh bunga qarshi chiqqan edi. 

Yangiliklar lentasi
0