AQSh O‘zbekistonga Koreya samolyotlari sotilishiga qarshi

Obuna bo‘lish
AQSh qarshiligiga qaramasdan, Janubiy Koreyaning Mudofaa vazirligi O‘zbekistonga T-50samolyotlarini yetkizib berish borasdiagi urinishlarini davom ettirmoqda.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. AQSh hukumati Janubiy Koraning birga ishlab chiqarilgan T-50 Golden Eagle o‘quv-harbiy samoletlarini O‘zbekistonga sotish rejalariga qarshi chiqmoqda. Korea Times gazetasi xabar berishiga qaraganda AQSh texnologiyalarning O‘zbekiston orqali Rossiyaga chiqib ketishidan xavotirda.

Nashr xabariga ko‘ra Seul va Toshkent 400 million dollarlik ushbu shatnomani rejalashtirishgan edi.

“O‘zbekiston Rossiya bilan yaqin munosobatlarda, shuning uchun T-50 samolyotlarini O‘zbekistonga eksport qilish, AQShning fikricha, texnologiyalarni Rossiyaga o‘tib ketishiga olib kelish mumkin. Janubiy Koreyaning KAI kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan ushbu bitim haqda muzokaralar olib borgandi, lekin AQSh hukumati bunga qarshi”, — deb harbiy manbaaning so‘zlarini keltirgan gazeta.

Janubiy Koreya O‘zbekistonga 12 ta  T-50 o‘quv-harbiy samolyotlarini sotish haqida Aprelda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishib olishgandi. FA-50 bu  T-50 samolyotninng yengil rusumi bo‘lib Janubiy Koreya ushbu samolyotlarni boshqa mamlakatlarga muvaffaqiyatli eksport qilmoqda.

AQSh qarshiligiga qaramasdan Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan T-50 borasida hamkorlikni davom ettirish niyatida. Ular ushbu bitim bo‘yicha Vashington roziligini olishga qaratilgan hatti-harakatlarini davom ettirish niyatida.

T-50 Golden Eagle Janubiya Koreya Aerokosmik sanoati (KAI) va AQShning Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan tomonidan ishlab chiqarilgan. Samolyotlarni ishlab chiqarishni sarmoyalashda KAI – 17%, LM – 13% va Janubiy Koreya hukumati – 70% sarmoya bilan qatnashgan. Janubiy Koreya ushbu samolyotlarni Iroq, Fillipin, Tailand va Indoneziyaga eksport qiladi.

Yangiliklar lentasi
0