TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Bugun Jizzaxda viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan majlisda, Zarafshon darosidan suv olib kelish uchun magistral quvur va nasos stansiyasi qurishni davom ettirish, 264 kilometr suv tarmog‘ini qurish va ta’mirlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ishlar natijasida Zarbdor, Baxmal, Paxtakor, Mirzacho‘l, Do‘stlik, G‘allaorol, Sharof Rashidov tumanlaridagi aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, ularning turmush tarzi, salomatligi yaxshilanishi ta’kidlandi.
Undan tashqari2019 yilda Jizzax shahrida 15 ta ko‘p qavatli arzon uy, tumanlarda 932 ta turar joy qurish vazifasi qo‘yildi.
Jizzax viloyat faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish tafsilotlari bilan qo‘yida batafsil tanishishingiz mumkin.