Bizning atom stansiyamiz boshqalardan ham yaxshi, sifatli va xavfsiz bo‘lishi kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil Farishskiy rayon Djizakskoy oblasti
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil Farishskiy rayon Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Forish tumanida bo‘lib u yerda amlaga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Jizzax viloyati Forish tumaniga tashrif buyurib, atom elektr stansiyasini qurish uchun muhandislik tadqiqotlari olib borilayotgan maydonlardan birini ko‘zdan kechirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Forshda Shavkat Mirziyoyev “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” korporatsiyasi rahbarlari bilan suhbatlashdi.

- Bu ulkan loyiha Rossiya bilan strategik sherikligimizning yangi yo‘nalishi. Mamlakatimiz sanoati rivojlanyapti, aholi soni o‘sapti. Hali oldinda yana katta rejalarimiz bor. Bular uchun barqaror energiya ta’minoti kerak <…> Bizning atom stansiyamiz boshqalardan ham yaxshi, sifatli va xavfsiz bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Undan tashqari prezidentAtom elektr stansiyasini aniq hisob-kitob va puxta tayyorgarlik bilan qurish, xorijdagi stansiyalar qurilishidagi tajribani o‘rganish zarurligi ta’kidladi.

Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi surati

Shuningdek prezident tashrifi doirasda Forish tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turizm salohiyati va lalmi yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

- O‘zi Forish imkoniyatlari bo‘yicha eng boy tumanlardan biri. Lekin hozir boshqa hududlardan biroz orqada. Bu yerning qishloq xo‘jaligi, geologiya, qayta ishlash sohalaridagi imkoniyatlarini to‘g‘ri ishga solsa, aholi farovonligi, mahalliy budjetni oshirish mumkin, - dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev tumanda suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash natijasida aholi daromadlarini ko‘paytirish masalalarining muhokama qildi hamda jizzaxlik nuroniylar bilan muloqot qildi.

Yangiliklar lentasi
0