Rossiya chegaralarni jangarilardan himoya qilish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishga tayyor

© Sputnik / Semiraga / Mediabankka o‘tishSoldat na granitse
Soldat na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya MDHdagi O‘rta Osiyo mintaqasida vaziyatni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan har qanday urinishni oldini olishga tayyor.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Rossiya qo‘shni davlat chegaralarini jangarilardan himoya qilish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishga tayyor, deb ma’lum qildi brifing davomida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Prezident assotsiatsii veteranov podrazdeleniya Alfa Sergey Goncharov - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda hujum qilish uchun “IShID” toliblar bilan birlashishi mumkin – rossiyalik ekspert

“MDHdagi O‘rta Osiyo mintaqasida vaziyatni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan har qanday urinishni oldini olish uchun Rossiya ushbu yo‘nalishda umumiy kuchlarni davom ettirishda qattiq ahd qilgan”, - deya iqtibos keltiradi Mariya Zaxarova so‘zlaridan RIA Novosti. Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh bo‘lgan davlatlar alohida hissalarini qo‘shishmoqda. Rossiya ularning har biriga strategik sherikchilik asosida yordam ko‘rsatmoqda va xavfsizlik va chegaralarni qo‘riqlashda zaruriy yordamni oshirishga tayyor”.

Rossiya TIV rasmiy vakili Pokiston bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, KXShT ittifoqdoshlari hamda MDH va ShHT sheriklari Afg‘onistondagi krizis vaziyat sababli xavf darajasini kamaytirish maqsadida hamkorlik qilishayotganini eslatib o‘tdi.

Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov “IShID” terrorchilik uyushmasi o‘z jangarilarini Pokistondan Tojikistonga o‘tkazayotgani haqida ma’lum qilgandi.

Deti igrayut v futbol vo dvore doma odnogo iz rayonov Kabula - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar nazorati ostida bo‘lgan afg‘onlarning ayanchli qismati

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning janubiy chegaralarida, ehtimol, terrorchilik guruhi tomonidan ko‘p sonli qochoqlarni keltirib chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan katta provokatsiyani tayyorlamoqda. Bu esa Rossiya uchun salbiy oqibatlarni keltirish chiqarishi mumkin.

Mariya Zaxarova Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubovning so‘zlarini izohlarkan, “o‘ylashimcha, gap aynan shu haqda ketabdi”, deb qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0