Rossiya Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Zubov soʻzlariga koʻra, “ISHID” terrorchilik uyushmasi oʻz jangarilarini Pokistondan Tojikistonga oʻtkazmoqda.
Shu tariqa, terrorchilik guruhi tomonidan koʻp sonli qochoqlarni keltirib chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan katta provokatsiyani tayyorlamoqda.
Goncharovning fikriga koʻra, aynan Afgʻonistonda ISHID aʼzolari toliblar bilan birlashib, hamkorlikda yangi terrorchilik amallarini boshlashi mumkin.
“ISHIDning asosiy kuchlari asta-sekin Afgʻonistonga oʻtmoqda. Guruh aʼzolari shu yerda toliblar koʻmagini topishlari mumkin. Rossiya bunga eʼtibor qaratishi kerak. Shuningdek, Afgʻonistondan narkotrafik Tojikiston orqali oʻtmoqda. Shuning uchun RF Tojikiston Respublikasida joylashgan (201-chi harbiy baza tah.) harbiy kuchlarini kuchaytirishi va respublika rahbariyati bilan toliblar va ISHIDga qarshi hamkorlikda harakatlarni amalga oshirishni muhokama qilishlari zarur”, - deydi ekspert radio Sputnik efiri chogʻida.
Shuningdek, RF ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Zubov Tojikiston va Oʻzbekistondan kelayotganlarga alohida eʼtibor qaratilishi zarurligini taʼkidladi.
Ekspertning toʻliq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.