"Mashinalari tez yurarkan": o‘zbek avtomobillari 3D formatdagi multfilm qahramoniga aylandi

© QALAMPIR.UZUzbekkino snyalo multfilm pro avtomobili
Uzbekkino snyalo multfilm pro avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki yashar qizaloqning yangi o‘zbek multfilmiga bergan bahosi shunday va buni eng katta maqtov deb qabul qilish mumkin

Nihoyat o‘zbek multiplikatorlari o‘ziga xos, mutlaqo o‘zga yo‘nalishdagi, 3D formatidagi yangi multfilmni kichkintoylar e’tiboriga havola qildi. Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tgan premyerada asar haqida ijobiy fikrlar bildirildi.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bolalariga AES haqida multfilm orqali so‘zlab beriladi

Mutaxassislar so‘nggi 10-15 yil ichida yaratilgan eng yaxshi multfilm deb baholayotgan, "Avtosarguzashtlar" deb nomlangan filmning asosiy qahramonlari – O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan avtomobillar.

Ijodkorlar bu orqali birdan ikki quyonni ko‘zlagan: ham film yaratish, ham bolalar ongiga shu davlatda ishlab chiqarilgan avtomobillarga muhabbat uyg‘otish. Aytishadi-ki, 20-30 yil keyingi taqdirini o‘ylaydigan avtokonsernlar o‘z avtomobillari ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar ishlab chiqarkan. "Avtosarguzashtlar" ham kelajakni o‘ylab qilingan puxta siyosatning bir ko‘rinishi bo‘lsa ajabmas.

Dramaturg Ismoil Shomurodov ssenariysi asosida, rejissor A. Haydarov rahbarligi ostida yaratilgan filmning o‘ziga xosligi shundaki, ijodkorlar mamlakat multiplikatsiya sohasida mustahkam o‘rnashib olgan qoidalar, steriotiplarni parchalab, yangicha tasviriy yechim, yangicha ifoda uslubi, yangicha g‘oyani qo‘llagan.

Sir emas, o‘zbek multiplikatsiyasi sobiq sovet tuzumining ushbu san’ati ta’siri va nazoratida rivojlandi. Mustaqillik yillarida ham ushbu yo‘nalishda sezilarli o‘zgarishlar qilinmadi. Birgina o‘ziga xoslik – beqasam chopon kiygan, qorindor, belbog‘ taqqan, oyoqlari cho‘pday qahramonlar. O‘zbek multiplikatsiyasining bor-yo‘q o‘ziga xosligi shunda iborat edi.

Darvoqe, yana bir o‘ziga xoslik bo‘lgan – mustaqillik yillari davrida bir muddat "O‘zbekfilm"ning multsexi milliy ertaklarni sahnalashtirish bayrog‘i ostida faqat firibgarlar, yolg‘onchilar, aldoqchilar to‘g‘risida filmlar yaratgan edi. Qizig‘i, ularda salbiy qahramonni aldoqchilik orqali jazolash ijobiy xislat sifatida baholangan. Balki shundandir, bugun jamiyatda tovlamachilik, firibgarlik jinoyatlari nisbatan ko‘p. Buni kuni kecha o‘tkazilgan brifingda IIV vakili ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Teleperedacha Spokoyno nochi, malishi! - Sputnik O‘zbekiston
Behayo multfilm namoyish etgan “STV” telekanali faoliyati to‘xtatildi

Bolalar va kattalarning vaqt to‘g‘risidagi tushunchasi har xil. Shuni e’tiborga olgan holda, bolalar diqqatini jalb etish maqsadida qayd etilgan asar ijodkorlari hozircha 6 qismdan iborat filmning har bir qismini uch yarim daqiqadan oshirmagan. Asosiysi, "Avtosarguzashtlar"da voqealar tezkor kechadi, qahramonlar keksayib qolgan, betob inson kabi ming o‘ylab, o‘zini avaylab harakat qilmaydi.   

"Avtosarguzashtlar" birinchi o‘zbek 3D multfilmi deyilayotganiga qaramay, ilgari ham bu uslubda asarlar ishlangan. Xususan, 2017-yilda ishlab chiqarilgan "Kenja botir" filmi. U filmlarning yaratilish uslubi yangi bo‘lishiga qaramay, ifodasi, g‘oyasi eskicha edi. Filmlar dinamikasi ham sust bo‘lgan. Shu sababli yosh tomoshabin e’tiborini qozonmadi.

Aytish lozim, zamonaviy vositalar to‘g‘risida bo‘lishiga qaramay, "Avtosarguzashtlar" milliy zamindan uzoqlashib ketmagan. Unda milliy qadriyatlar, biroz nasihat, ozroq kulgi uyg‘unlashib ketgan. Bu esa ijodkorlarning aniq bir yo‘nalishda tajriba qilishdan cho‘chiganini ko‘rsatadi. Ya’ni to‘liq nasihatbozlik ham, boricha kulgili ham emas.

Premyeradan chiqishda muxbirlar ikki yashar qizaloqni gapga solib, film haqidagi taassurotlarini bilishga urinayotganining guvohi bo‘ldim. O‘z fikrini gapga solib aytishni uddalolmayotgan qizaloq:

"Mashinalar tez yurarkan", - dedi.

Bu mazkur film haqida aytilgan eng adolatli fikr va maqtov bo‘lsa kerak. Chunki qahramonlarning tezroq yurishi o‘zbek  multiplikatsiya sohasidagi eng katta yutuq.

Yangiliklar lentasi
0