Toshkentda ikki nafar gey qo‘lga olindi

© AP PhotoPatrulnaya mashina uzbekskoy militsii
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi jarayonida qo‘lga olingan ikki shaxs o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lishgani aniqlangan, ikkisi ham "besoqolbozlik" moddasi bo‘yicha uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkentda ikki nafar besoqolboz qo‘lga olindi, deb xabar qildi UzNews.uz nashri Yunusobod tumani IIBB matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Militsiya bir yigitni gey deb kaltaklaganlikda gumon qilinganlarni qo‘lga oldi
Xabarda aytilishicha, 1994-yil va 1983-yil bo‘lgan bu ikki shaxs 3-sentabr kuni tanishib, birga yashay boshlashgan.

Tergov tadbirlari davomida erkaklar Toshkent shahridagi Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan kvartirada jinsiy yaqinlik qilishgani aniqlangan. Kvartira erkaklardan biri tomonidan ijaraga olingan bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi ikki erkak o‘rtasida jinsiy yaqinlik bo‘lganini aniqladi, deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 20-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120(Besoqolbozlik)-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Erkakning erkak bilan zo‘rlik ishlatmasdan jinsiy ehtiyojini qondirishi — 1-yildan 3-yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0