O‘zbek armiyasiga Pentagon tajribasi nega kerak bo‘lmasligi haqida

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSpesnaz Uzbekistana vpervie na ucheniyax v SShA
Spesnaz Uzbekistana vpervie na ucheniyax v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko O‘zbekiston va AQSh harbiy idoralari bir-birlaridan qaysi tajribalarni o‘rganishlari mumkinligi haqida Sputnik uchun maxsus

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov va mudofaa idorasining boshqa vakillari amerika tomonning taklifi bilan ilk marotaba Kemp-Shelbi (Missisipi shtati, AQSh) harbiy bazasida Milliy armiyaning "Janubiy zarba" mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Spesnaz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston spesnazlari AQShga jo‘nab ketdi

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan "Janubiy zarba" manyovrlari amerika qo‘shinlarining quruqlikda, suvda va havoda birgalikdagi harakatlari texnikasini yaxshilab o‘rganish uchun o‘tkazib kelinadi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga amerika strategiyasi va taktikasi kerak bo‘ladimi - aytish qiyin (Pentagonning qo‘shni Afg‘onistondagi besamar kechgan 18-yillik urinishlari ma’lum pessimizmga sababdir). Va shubhasizki, o‘zbek armiyasining harbiy quruvchilik va xalqaro terroristik uyushmalarni samarali ushlab turish tajribasi AQSh milliy gvardiyasi uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Global Firepower ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2015-yildan Markaziy osiyoda harbiy jihatdan eng qudratli davlat maqomini mustahkam egallab kelmoqda, va dunyo reytingida yil davomida 48-o‘rindan 39-o‘ringa tushdi va bu o‘z-o‘zidan katta yutuqdir. Armiya soni ham ixcham - 57 ming nafar harbiy xizmatchilarni tashkil qiladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilda O‘zbekiston Respublikasining yangi Mudofaa doktrinasini tasdiqladi va mudofaa sohasidagi harajatlar miqdori YaIMning 4%ini yoxud 1,4 milliard dollarni tashkil etdi, bundan tashqari harbiy quruvchilik sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Toshkent harbiy-siyosiy ittifoqdoshliklardan masofa saqlaydi, o‘zbek armiyasi chet eldagi harbiy harakatlarda ishtiroki va o‘zbek hududida chet el harbiy bazalari joylashtirilishi ham nazarda tutilmagan. Mudofaa doktrinasi va qurollangan neytralitet, bir qarashda xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik maydonini qisqartirsa-da, ammo bu Qo‘shma Shtatlarga taalluqli emas.

Missisipi qirg‘oqlaridagi hamkorlik

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov birinchi marotaba harbiy manyovrlarni bevosita AQSh hududida kuzatmoqda, ammo amerikalik hamkasblar bilan yaqindan hamkorlik ancha oldin o‘rnatilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Pentagon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti va Pentagon rahbari o‘rtasida uchrashuv qanday o‘tdi

O‘tgan yil bahorda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shma Shtatlarga tashrifi davomida Pentagonda bo‘ldi va amerika harbiy idorasi rahbari bilan davlatlar o‘rtasida harbiy-texnik sohada hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Mirziyoyev mamlakat Mudofaa doktrinasi qabul qilingandan so‘ng O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan, shu jumladan AQSh bilan ham harbiy-texnik hamkorlik kengaytirilishi, shuningdek, mudofaa va xavfsizlik sohalarida tajriba almashishdan manfaatdorligini qayd etdi.

Amerika mudofaa vaziri Jeyms Mettis javob nutqida O‘zbekistonni mintaqadagi muhim geostrategik davlat deb atab, konstruktiv tashqi siyosat uchun maqtadi.

Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Jenson Boyls boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi 2018-yil kuzida O‘zbekiston mudofaa vazirligida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.

Tomonlar harbiy-texnik hamkorlik hamda qo‘mondonlik va shtab bo‘g‘inlarida harbiy kadrlarni tayyorlashda yangi yondashuvlarni muhokama qildilar.

Ikki mamlakatning harbiy texnik hamkorligi rejasi va tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan. Shunday bo‘lsa-da, Vashingtonning yuqoritexnologik va qimmatbaho qurol-aslahalar sohasida Toshkentga bera oladigan takliflari bor, qolaversa Pentagon ham O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan arzon va amaliy sohada o‘rganadigan narsalari bisyor. O‘ylashimcha, O‘zbek armiyasining muvaffaqiyatli tajribasi Pentagonlik omadsizlar uchun favqulodda foydali bo‘ladi.

Jangovar tayyorgarlik

Agar amerikalik reynjerlar o‘n yilliklar davomida turli (g‘arazli) sabablar tufayli koinotning turli nuqtalarida qurollanishi sust bo‘lgan aborigenlarni kosmik sputniklar va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish moslamalari yordamida qat’iy iskanjaga olib kelayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Armiyasi yangi metodika, zamonaviy qurol yordamida real harbiy tayyorgarlik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi?

Respublika qo‘shinlari doimiy jangovar holatga keltirilgan, ya’ni yilning istlagan faslida, u xoh ertalab, xoh oqshom, xoh tekislikda, xoh tog‘larda (bu esa eng murakkabi) hech bir tebranishsiz qo‘mondonlik buyrug‘ini bajarishga qodir.

Milliy xavfsizlikka rahna soluvchi asosiy tahdidlardan biri - O‘zbekistonga Afg‘onistondan yoki chegaradosh boshqa davlatlardan kirishga bot-bot urinib keladigan ekstremistlar va terrorchilardir. Shu bilan birga, o‘zbek chegarasining Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan kattagina qismi eng qiyin bo‘lgan tog‘li hududlardan o‘tadi. Bunday sharoitlarda o‘zbek armiyasi bo‘linmalari avtonom va samarali harakatlanishi mumkin. Chegaraning eng muhim operatsiya yo‘nalishlarida mobil, yaxshi ta’minlangan Terrorizmga qarshi Korpusning maxsus operatsiyalar kuchlari batalonlari harakatlanadi. Zarba berish va o‘t ochish qudratini oshirish maqsadida ularga vertolet brigadalari berilgan. Yaqinda O‘zbekiston Rossiya mudofaa eskport (Rosoboroneksport) bilan 12 dona zarba beruvchi Mi-35 vertoletlarini xaridi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu vertoletlarning dunyoda raqibi mavjud emas.

Shuni alohida aytish joizki, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida, deylik qo‘shni Afg‘onistonda amerika tajribasi uzluksiz bombardimonlar va 18-yil davomida harbiy bazalarning baland devorlari ichida eshelonlashgan mudofaada o‘tirish bilan chegaralanadi. Hatto shaxsiy tarkibni tashlash yoki yuk yetkazib berish ishlarini Pentagon asosan havo orqali amalga oshiradi. O‘ylashimcha, kovboylarcha tajovuz va har yoqqa burnini tiquvchi (Afg‘oniston hududining kattagina qismini real nazoratga olgan) dushmandan o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish taktikasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qachonlardir asqotishi, dargumon, albatta.

Yangiliklar lentasi
0