Toshkentda ilk bor xokkey chempionati bo‘lib o‘tadi

© UzAIce City sportivno-razvlekatelniy sentr
Ice City sportivno-razvlekatelniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi yangi qurilgan “Ice City” sport-ko‘ngilochar maskanida 1-fevral kuni O‘zbekiston tarixida birinchi bor xokkey chempionati bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Toshkent markazida yangi qishgi ko‘ngilochiar o‘yinlar markazi ochildi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Eskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda quriladigan muz saroyi dizayni namoyish etildi

“Ice City” sport-ko‘ngilochar maskanining  maydoni 16 000 m2 bo‘lib, bu yerda sun’iy qor bilan qoplangan ulakn hududdan tashqari, umumiy maydoni 1 800 m2 bo‘lgan muz maydoni hamda Olimpiya standartlariga mos keladigan xokkey maydonchasi barpo etilgan.

Majmuaning rasmiy ochilish marosimi 1-fevralga mo‘ljallangan. Shu kuni Ays Sitida O‘zbekiston tarixida birinchi bor xokkey chempionati bo‘lib o‘tadi.

“Ko‘p tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyi yoki “Ays Avenyu” sport-sog‘lomlashtirish majmualaridan farqli o‘laroq ushbu muz shaharchasida siz nafaqat qishki sport turlari (xokkey va figurali uchish) bilan shug‘ullanishingiz, balki miriqib hordiq chiqarishingiz mumkin”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qishgi sportlar bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan “Xumo Arena”  muz saroyi qurish tashabbusi oldinga surilgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekistonda Xokkey sporti federatsiyasi ham tashkil qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0