Maduro Trampga inglizcha murojaat qildi: “Venesueladan qo‘lingni tort!”

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro
Prezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh rahbari Donald Trampga inglizcha murojaat qildi.

TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh rahbari Donald Trampga inglizcha murojaat qildi va undan mamlakatini tinch qo‘yishni talab qildi. Maduro mamlakatiga qarshi kiritilgan yangi sanksiyalarga shunday izoh berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Goroda mira. Karakas - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Venesuela bilan diplomatik munosabatlarni bekor qilishdan bosh tortdi

Maduro AQShdan qaytgan venesuelalik diplomatlar oldida so‘zlagan nutqida inglizcha so‘zlashga o‘tib, Trampga murojaat qiladi: “Donald Tramp, Venesuelada to‘ntaruvmi? Yo‘q! Not that way!... Venesuela ishiga aralashma, hands off Venezuela! Immediately! (Venesueladan qo‘llingni tort! Darhol!)”.

“Tramp, Venesuelada yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday zo‘ravonlik uchun javobgarsiz. Venesuelada to‘kilishi mumkin bo‘lgan qon sizning qo‘llaringizda bo‘ladi, prezident Donald Tramp”, dedi Maduro Twitter᾽da olib borilgan murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, 23-yanvar kuni Karakasda davom etayotgan mitinglar vaqtida 35 yoshli muxolif siyosatchi Xuan Guaydo o‘zini prezidenti sifatida e’lon qildi. Bir necha daqiqa o‘tib uni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning yangi prezidenti sifatida tan oldi. Ayni damda Xuan Guaidoni Venesuela vaqtinchalik prezidenti sifatida faqat AQSh, Yevropa Ittifoqi va Gruziya tan olgan. Rossiya, Meksika va boshqa mamlakatlar tan olmagan.

Besporadki i popitka gosperevorota v Venesuele - Sputnik O‘zbekiston
Venesueladagi to‘qnashuvlar - video

Shuningdek, AQSh Venesuelaning PDVSA neft-gaz kompaniyasining barcha aktivlarini bloklagan hamda bu kompaniya bilan bitimlar tuzishni taqiqlab qo‘ygan. AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin fikriga ko‘ra, PDVSA aktivlarini bloklab, AQSh bu kompaniyani Venesuela xalqi uchun “asrab qo‘yadi” va o‘z bozorini himoya qilish uchun barcha choralarni qo‘llaydi. U kompaniya hisobraqamlarining bloklanishi u olgan tushum Nikolas Maduroga emas, balki Xuan Guaydoga topshirilishini anglatishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0