O‘zbekistonda eng kam ish haqi 500 mingdan oshiq etib belgilandi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda, O‘zbekistonda 577 ming 172 so‘mdan kam oylik ish haqi to‘lanishi mumkin emas.

TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Hukumat qarori bilan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.

O‘zbekistonliklar qancha maosh olishadi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar qancha maosh olishadi

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning 1-, 2- hamda 3-razradlari koeffitsiyentlari 2,476, 2,725, 2,998 dan tegishlicha 2,847, 2,997, 3,148 ga oshirildi.

"Kiritilgan qo‘shimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 so‘mdan 577 ming 172 so‘mga oshirildi", - deyiladi xabarda.

Endilikda, O‘zbekistonda 577 ming 172 so‘mdan kam oylik ish haqi to‘lanishi mumkin emas.

Yangiliklar lentasi
0