O‘zbekiston jamoasi Butunjahon "Halol sammitida" g‘olib bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishX Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit "Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit". Den perviy
X Mejdunarodniy ekonomicheskiy sammit Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit. Den perviy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar Istanbulda bo‘lib o‘tgan VI Butunjahon "Halol sammiti" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Istanbulda bo‘lib o‘tgan musulmon davlatlar o‘rtasidagi pazandachilik chempionatida O‘zbekiston jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Xalyalnaya produksiya rossiyskogo proizvodstva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Halol" standarti rasman joriy etildi

Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mohir oshpazlar halol taom tayyorlash bo‘yicha kuch sinashishdi. O‘zbekiston sharafini Xalqaro o‘zbek pazandachiligi san’ati markazi usta-oshpazi Ahmad Hamdamov va ushbu markaz bitiruvchisi Nodir Tohirjonov himoya qilishdi. Tanlov yakunida ular tayyorlagan taomlar birinchi o‘ringa sazovor deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yil 1-fevraldan "Halol" oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha umumiy qo‘llanma - Oz DSt 3286:2018 joriy etilgan edi. 

"Halol" standartlarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markalash jarayonlari islom qoidalariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0