Jamiyat

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” uchta yangi yoʻnalishga parvozlar yoʻlga qoʻyadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTurbina samoleta uzbekskix avialiniy
Turbina samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” 2019 yilda Tbilisi, Myunxen va Karachi yoʻnalishlariga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi.

TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” 2019 yilda Tbilisi, Myunxen va Karachi yoʻnalishlariga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan uch oyi ichida Milliy aviakompaniya Mumbay, Vladivostok va Jiddaga parvozlarni yoʻlga qoʻygan edi.

Snegopad v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" Moskvaga uchayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

Undan tashqari Moskva yoʻnalishida parvozlar soni haftasiga 27ga yetkazildi va Samarqand, Buxoro, Urgench, Termez, Namangan va Fargʻona shaharlarini Moskva bilan bogʻlab turgan parvozlar umumiy soni 49taga yetdi.

Shuningdek, Seul, Dushanbe, Bishkek, Minsk, Rostov-na-Donu, Astana va Novosibirsk shaharlariga ham parvozlar soni oshirildi. Stambulga parvozlar soni Toshkentdan 10taga Samarqanddan 2taga yetkazildi.

Undan tashqari oʻtgan yil davomida Oʻzbekiston havo yoʻllari 21 mingta parvozlar amalga oshirib, 3 million yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatdi.

Yangiliklar lentasi
0