TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Uzbekistan Airways Moskvaga yo‘l olgan fuqarolarni noqulay ob-havo sharoitlari tufayli uchish reyslari kechiktirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Aviakompaniya matbuot-xizmati Moskvaga yaqinlashib kelayotgan qor bo‘roni va ob-havoning yomonlashayotgani tufayli fuqarolardan o‘zlari uchishlari lozim bo‘lgan reys jadvalini oldindan aniqlashtirib olishlari so‘ramoqda. Uzbekistan Airways yetkazilgan noqulayliklar uchun kechirim so‘ragan.
Ilgariroq aviakompaniya o‘zbekistonliklarni Rossiya Federatsiyasining Veterinar va fitosanitar nazorati bo‘yicha federal xizmati tomonidan O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar bagaji va qo‘l yukida o‘simlik mahsulotlarini olib kelishga cheklov o‘rnatilgani haqida ogohlantirgan edi.
Taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga go‘sht va sut mahsulotlari, kolbasa, sabzavot, meva, quritilgan mevalar, yong‘oq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. To‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.