TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Venesuela bilan diplomatik munosabatlarni tshxtatishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“AQSh Venesuela bilan diplomatik munosabatlarni vaqtinchalik prezident Xuan Guaido orqali davom ettiradi. AQSh Maduroni Venesuela hukumati sifatida olmaydi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek AQSh davlat kotibi kimda kim amerika diplomatlari xavfiszligiga tahdid solsa javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 24-yanvar kuni Venusuela muxolifati rahbari, parlament spikeri Xuan Guaido o‘zini mamlakat prezidenti deb e’lon qildi. Bunga javoban Venesuela prezidenti amerika diplomatlaridan uch kun ichida mamlakatni tark etishni talab qilgan edi.
Ayni damda Xuan Guaidoni Venesuela vaqtinchalik prezidenti sifatida faqat AQSh, Yevropa Ittifoqi va Gruziya tan olgan. Rossiya, Meksika va boshqa mamlakatlar tan olmagan.
Rossiya ushbu hodisalarni Venesuelada noqonuniy davlat to‘ntarish uyushtirish va o‘zga mamlakat ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashish deb hisoblaydi.