Jamiyat

“Faxriy fuqaro” unvoni kimga berilishi maʼlum boʻldi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Faxriy fuqaro” unvoni Oʻzbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlar koʻrsatgan xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi yoʻq shaxslarga taqdim etiladi.

TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida “Faxriy fuqaro” unvonini taʼsis etish haqidagi qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Hujjatda aytilishiga koʻra, “Faxriy fuqaro” unvoni Oʻzbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlar koʻrsatgan xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi yoʻq shaxslarga beriladi.

Shu bilan bir vaqtda, ushbu unvon davlat mukofoti hisoblanmaydi va fuqarolik olish uchun asos boʻla olmaydi.

Siyosat
Koreya poytaxti faxriy fuqarosi unvoni kimlarga topshiriladi?

“Faxriy fuqaro” unvonini berish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:

- iqtisod, fan, madaniyat, sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi uchun;  

- oʻzbek xalqining maʼnaviy va madaniy boyliklarini asrash va xayrli ishlarga qoʻshgan hissasi uchun;

- jamoatchilik tomonidan tan olingan Oʻzbekiston obroʻsini koʻtarishga qoʻshgan hissasi; 

- Oʻzbekiston iqtisodiga 40 000 EKIH miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda sarmoya kiritish, Oʻzbekiston hududida xorijiy korxona tashkil etish uchun ham berilishi mumkin.

"Faxriy fuqaro"ga bir qator huqular ham berilgan, xususan: 

  • Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va respublika boʻylab harakatlanish, respublika hududida oila aʼzolari bilan birga yashash; 
  • davlat va mahalliy hokimiyat mansabdor shaxslari  tomonidan birinchi navbatda qabul qilish; 
  • davlat va jamiyat tantanali tadbirlarida ishtirok etish; 
  • oʻz ismi-sharifiga unvonni qoʻshib aytish;

Kabi huquqlar berilgan. Shuningdek, "Faxriy fuqaro" ogʻir jinoyat sodir etgan holda ushbu unvondan mahrum boʻlishi mumkin. 

 

Yangiliklar lentasi
0