TOShKENT, 28 noya — Sputnik. 1958-yilda Seul shahri meriyasi "Xizmatlari uchun" ma’muriy unvonni ta’sis etadi. Unvonni davlatlar va poytaxtlar o‘rtasida gumanitar hamkorlikni kuchaytirishga, ilm-fanni rivojlantirishga hissa qo‘shgan insonlarga topshirish ko‘zda tutilgan edi.
1972 yilga kelib Janubiy Koreya poytaxti meriyasi "Xizmatlari uchun" unvonini "Seul shahrining faxriy fuqarosi" unvoniga almashtirish qarorini qabul qiladi.
Faxriy unvon topshirilgani haqida diplom bilan birgalikda medal ham beriladi.
Seul shahrining faxriy fuqarosi unvoni turli yillarda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkov, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, mashhur futbol murabbiyi Gus Xiddink hamda gonkonglik aktor Jeki Chanlarga topshirilgan.
Seul shahrining faxriy fuqarosi unvonini olgan birinchi chet ellik — Turkiya parlamenti quyi palatasining spikeri Sabit Osman Obashi bo‘lgan. 1973-yilda bu unvon unga Seul va Anqara o‘rtasida birodarlik rishtalari o‘rnatilishida qo‘shgan hissasi uchun topshirilgan.