Jamiyat

Butun oilasi halok boʻlganini eshitgan tojikistonlik yana shifoxonaga tushdi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Mashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Magnitogorskda oilasi halok boʻlganini eshitgan Tojikiston fuqarosi Shuhrat Ulfatov hushidan ketadi.

TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Magnitogorskda portlashdan soʻng omon qolgan Tojikiston fuqarosi Shuhrat Ulfatovga uning oilasi halok boʻlganligi aytildi.

Bolnitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Magnitogorskdagi portlashdan soʻng omon qolgan migrant shifoxonadan chiqariladi

Butun oila aʼzolari halok boʻlganini eshitgan Shuhrat hushidan ketdi. Bu haqda uning togʻasi Baxtiyor Sultonov Sputnik agentligiga maʼlum qildi.

Shoshilinch yordam xizmati xodimlari uni shifoxona olib borishga qaror qilishdi.

Baxtiyor Sultonov soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda oʻziga keldi.

Portlash oqibatida jabrlangan Ulfatovga oilasi haqida haqiqat aytilmayotgandi.

Hozirgi vaqtda Shuhrat Chelyabinskda. Togʻasining soʻzlariga koʻra, ular kompensatsiya pulini olishlari kerak. Keyin esa Tojikistonga ketishadi.

Shuhrat oilasi bilan portlagan uyning oltinchi qavatida istiqomat qilgan.

Farzandlari bogʻchaga borishgan. Oila boshligʻining oʻzi qurilishda ishlagan, rafiqasi Rajabmo esa uy bekasi boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0