Magnitogorskdagi portlashdan so‘ng omon qolgan migrant shifoxonadan chiqariladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBolnitsa
Bolnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chelyabinsk viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarosi kasalxonada qolgan so‘ngi bemor hisoblanadi.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Magnitogorskdagi portlashdan so‘ng tirik qolgan Tojikiston fuqarosi seshanba kuni shifoxonadan chiqadi, deb xabar qildi RIA Novosti Chelyabinsk viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga asosan.

Chelyabinsk viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarosi kasalxonada qolgan so‘ngi  bemor hisoblanadi.

Magnitogorsk fojiasi

2018 yil 31-dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko‘pqavatli uylarning birining podyezdi o‘pirilib tushdi.

Fojia sodir bo‘lgan vaqtda bino ichida 120 kishi bo‘lgan.

Nagrajdenie Alana Abdullayeva blagodarstvennim pismom - Sputnik O‘zbekiston
Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik qahramon taqdirlandi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiada 39 nafar kishi halok bo‘ldi. Ular ichida 4 nafar Tojikiston fuqarosi – ona va uch nafar bola.

Halok bo‘lgan tojikistonlik ayolning turmush o‘rtog‘i 26 yoshli Shuxrat Ulfatov birinchi bo‘lib vayronlar ostidan topishdi. Jabrlangan tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizildi.

Shifokorlar Tojikiston fuqarosida o‘pka, qorin va bosh-miya qismlarda ko‘plab jarohatlar borligi aniqlandi.

Bemorga ikkita jarohlik operatsiyasi o‘tkazildi.

Hozircha Ulfatov ayoli va uch nafar farzandi halok bo‘lganligini bilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0