AQSh va uning yaqin ittifoqdoshlari Venesuelada tinchlik o‘rnatilishiga qarshilik qilishmoqda

© REUTERS / Carlos Garcia RawlinsDemonstrant brosayet obratno kanistru so slezotochivim gazom vo vremya stolknoveniya s Natsionalnoy gvardiyey Venesueli
Demonstrant brosayet obratno kanistru so slezotochivim gazom vo vremya stolknoveniya s Natsionalnoy gvardiyey Venesueli  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatda hukumatga qarshi marshlar bo‘lib o‘tmoqda. Siyosiy inqiroz fonida muxolifat yetakchisi Xuan Guaido o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan. 10-yanvar kuni qasamod qabul qilgan davlat rahbari Nikolas Maduro davlat to‘ntarishiga urinish yuz berganini aytmoqda

TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Vashington Venesuela bilan bog‘liq voqeada xalqaro huquqning barcha normalarini buzmoqda, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

"AQSh va uning yaqin ittifoqdoshlari harakatlari albatta bizni tashvishga solmoqda. Ular xalqaro huquqning barcha normalarini qo‘pol ravishda buzib, ushbu lotin amerikasi davlatida qonuniy huqumatni to‘ntarishni amalga oshirmoqchi", - dedi Lavrov Venesuela TIV rahbari Syerra-Leone Ali Kabba bilan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot-anjumani vaqtida.

Prezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Maduro Trampga inglizcha murojaat qildi: “Venesueladan qo‘lingni tort!”

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvar kuni Venesuelada amaldagi prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Mamlakat parlamenti spikeri Xuan Guaido 23-yanvar kuni vaqtinchalik hukumat hukmronligi davrida o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qildi. AQSh va qator mamlakatlar uni tan oldilar. Rossiya Venesuelaning qonuniy prezidenti Maduroni qo‘llab-quvvatladi.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Ispaniya agar Venesuelada 8 kun ichida yangi saylovlar e’lon qilinmasa Guaidoni mamlakatning vaqtinchalik rahbari etib tan olish rejalarini bildirdilar. Ayni vaqtda AQShdan tashqari, Guaidoni vaqtinchalik davlat rahbari maqomida Braziliya, Kanada, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay, Peru, Gruziya, Albaniya va qator boshqa mamlakatlar tan olishgan.

Ayni vaqtda AQSh Venesuelaning PDVSA - davlat neft-gaz kompaniyasiga nisbatan sanksiya e’lon qildi va yana bir karra barcha davlatlarni Xuan Guaidoni "zudlik bilan" Venesuelaning vaqtinchalik rahbari etib tan olishga da’vat qildi.

Bu orada Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramay, Venesuela bilan hamkorlikni davom ettirishini aytmoqda.

Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan Xitoy tomoni Venesuela bilan barcha sohalarda tenglik, o‘zaro manfaat va umumiy taraqqiyot asosida hamkorlikni davom ettirishini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0