Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik qahramon taqdirlandi

© Iz lichnogo arxiva Alana AbdullayevaNagrajdenie Alana Abdullayeva blagodarstvennim pismom
Nagrajdenie Alana Abdullayeva blagodarstvennim pismom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olamafruz Abdullayevga 2018-yilda Magnitogorsk shahri uchun eng qiyin bo‘lgan vaqtda qahramonlik, jasorat, mehribonlik va rahmdillik ko‘rsatganligi uchun minnatdorlik bildirilgan.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayev kuni kecha Rossiya Kudo federatsiyasi va Chelyabinsk viloyati Kudo federatsiyasi prezidentlari tomonidan minnatdorlik xatlari bilan taqdirlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Abdullayev Alamafruz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik

Hujjatda Abdullayevga 2018-yilda Magnitogorsk shahri uchun eng qiyin bo‘lgan vaqtda qahramonlik, jasorat, mehribonlik va rahmdillik ko‘rsatganligi uchun minnatdorlik bildirilgan.

“Har bir soniyada o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda qahraton sovuqda 12 soatdan ortiq vaqt davomida beton vayronalar ostidan odamlarni qutqargan. Alan, sen bilan Rossiya fahrlanadi va mamlakatimizning barcha aholisi minnatdorlik bildiradi”- deyilgan hujjatda.

Ushbu yorliqlar Abdullayevga Kudo bo‘yicha musobaqaning ochilish marosimida tantanali ravishda topshirildi.  

O‘zbekistonlik yigit sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi. FVV xodimlariga ko‘maklashdi - vayronalarni tozaladi, yong‘inni o‘chirishga yordam berdi.

© Iz lichnogo arxiva Alana AbdullayevaBlagodarstvennoe pismo Alanu Abdullayevu
Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik qahramon taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Blagodarstvennoe pismo Alanu Abdullayevu
© Iz lichnogo arxiva Alana AbdullayevaBlagodarstvennoe pismo Alanu Abdullayevu
Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik qahramon taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Blagodarstvennoe pismo Alanu Abdullayevu

Qutqarilgan tojikistonlik Ulfatovning amakisi Baxtiyor Sultonov va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Olamafruzga minnatdorlik bildirishdi.

O‘zbekistonlik yigit esa o‘zini qahramon deb hisoblamaydi.

Abdullayev Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Termezda kollejni tamomlagan. U O‘zbekiston fuqarosi, kelib chiqishi esa tojik, o‘zbek va tojik tilida erkin so‘zlasha oladi.

Rossiyaga esa sakkiz yil oldin kelgan.

Yigitning yoshi 23da, qurilishda ishlaydi. Bo‘sh vaqtida “kudo” sport turi bilan shug‘ullanadi. Uning murabbiysi Chelyabinsk viloyati kudo federatsiyasi prezidenti Vladimir Ostapchenko.

Magnitogorskdagi fojia

2018 yil 31-dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko‘pqavatli uylarning birining podyezdi o‘pirilib tushdi.

Favqulodda holat yuz bergach kasalxonaga zudlik bilan besh nafar jabrlanuvchi yetkazildi.

Oradan bir sutka o‘tgach, bino vayronalari uyumlari ostida 11 oylik bolakay topildi va u Moskvaga evakuatsiya qilindi.

Bolakay ahvoli stabil deb baholangan va sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Qutqaruvchilar esa qo‘l mehnati yordamida uyumlarni tekshirishda davom etishmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiada 39 nafar kishi halok bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0