JCh-2018dan keyin Rossiyada nechta nolegallar qoldi?

© Sputnik / Cyril Kallinikov / Mediabankka o‘tishFutbolnie bolelshiki chempionata mira po futbolu 2018 na Krasnoy ploshadi v Moskve, 2018 god
Futbolnie bolelshiki chempionata mira po futbolu 2018 na Krasnoy ploshadi v Moskve, 2018 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga kirib kelganlarning barchasida "muxlis pasporti" bo‘lgan, ammo keyinchalik ular Rossiyada noma’lum muddatoga qolishga qaror qilganlar

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2018-yil iyun oyida futbol bo‘yicha jahon chempionatiga "muxlis pasporti" orqali kirib kelgan 5,5 ming chet ellik fuqarolar Rossiya hududida qonunga zid ravishda qolishgan.

Svarshik iz Uzbekistana Ilxom Aribjanov - Sputnik O‘zbekiston
JCh-2018 stadionlaridan birini qurishda qatnashgan o‘zbekistonlik hikoyasi

Bu haqda Rossiya IIV migratsiya boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Andrey Krayushkin xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.

Krayushkin so‘zlariga ko‘ra, bu migrantlar mart oyi oxirida Rossiyadan chiqarib yuboriladi.

Rossiya IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, 31-dekabr holatiga ko‘ra, bunday nolegal fuqarolar soni mamlakatda 12 ming nafardan ziyodni tashqil etgan, ammo FXX (FSB) bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar tufayli ular sonini 5,5 ming nafargacha qisqartirishga muvaffaq bo‘lingan.

Futbol chempionati o‘tkazilayotgan vaqtda maxsus karta yordamida RF 650 mingdan ziyod chet el fuqarolari kirib kelganlar.

Rossiyada futbol chempionati 2018-yil 14-iyun sanasidan 15-iyulga qadar bo‘lib o‘tgan. Chempionat finalida Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari uchrashishdi. O‘yinda fransuzlar 4:2 hisob bilan g‘alaba qozongan.

Yangiliklar lentasi
0