JCh-2018 stadionlaridan birini qurishda qatnashgan o‘zbekistonlik hikoyasi

© Foto: Dmitri MatveyevSvarshik iz Uzbekistana Ilxom Aribjanov
Svarshik iz Uzbekistana Ilxom Aribjanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston Peterburgda yashovchi svarkachi Ilhom Aribjanov bilan uchrashdi. Ilhom shu kunlarda futbol bo‘yicha chempionat uchrashuvlari bo‘lib o‘tayotgan arenalarning biri qurishda ishtirok etgan

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik, Dmitriy Matveyev. O‘zbek quruvchisi bilan uchrashuv, Rossiya shaharlarida haddan ko‘payib ketgan milliy restoranda emas, rus oshxonasi taomlarini taklif etuvchi binoda bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, buning hech ajablanarli tomoni yo‘q ekan.

© Iz lichnogo arxiva Ilxoma AribjanovaIlxom Aribjanov s xokkeynim kubkom
Ilxom Aribjanov s xokkeynim kubkom - Sputnik O‘zbekiston
Ilxom Aribjanov s xokkeynim kubkom

Agar kimdir o‘zbekistonlik Ilhom Aribjanovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsa, uning quruvchilar kaskasini kiygan holda Peterburgdagi arena fonida tushgan rasmiga ko‘zi tushadi. Suratga "Sankt-Peterburg stadioni tomi dvornigi", deya izoh berilgan. Yigit u yerga qanday borib qolgan? Sport obyektinining "shapkasi"ga putur yetkazayotgan afsonaviy baklanlarni ko‘rganmidi — shularga aniqlik kiritish maqsadida Sputnik muxbiri Ilhom bilan uchrashdi.

Baklanlar bo‘lganmidi?

Birinchi savol, tabiiyki, qahramonimizning g‘alati kasbi haqida bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Ilhom haqiqatda arenada ishlagan, ammo dvornik bo‘lib emas, lekin stadionning tom qismida muntazam bo‘lib turgan.

Ronalduga o‘z rasmini sovg‘a qilishdi - Sputnik O‘zbekiston
Ronalduga o‘z rasmini sovg‘a qilishdi
Eslatib o‘tamiz, taxminan bir yillarcha oldin Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Igor Albin "Sankt-Peterburg" stadioni tomi "teshikligi"ga izoh berar ekan, bu holatning yuz berishida Fin qo‘ltig‘idan uchib keladigan baklan (qoravoy) qushlarni aybdor qilgan edi. Albinning so‘zlariga ko‘ra, qushlar tomni tushmuqlari bilan urib, yaroqsiz holga keltirgan.

O‘sha vaqtda amaldorning bu izohi ijtimoiy tarmoq a’zolari orasida hazillarga sabab bo‘lgandi.

Suhbatdoshim bu haqda birinchi bor eshitib turganini aytib, birdan o‘zini to‘xtovsiz kula boshladi.

"Ha, endi tushundim, "VKontakte"dagi do‘stlarimdan biri "Ha, mana kim u yerda qushlarni haydayotgan ekan", deb qoldirgan izohning ma’nosini endi tushunayapman", — deya nega to‘xtovsiz kulgani sababini tushuntirdi Ilhom. Ma’lum bo‘lishicha, u tomdagi dvornikligi to‘g‘risida, shunchaki, hazil tariqasida yozgan va shu tufayli o‘zi xohlamagan holda navbatdagi hazil va memlar qahramoniga aylangan.

"Yo‘q, stadion tomida bo‘lganim bilan, baklanlarni quvmaganman", — deydi u kulib.

Sovet davridagi bolalik va uzoq mamlakatlar haqidagi orzular

Ilhom Aribjanov 45 yoshda, andijonlik, Rossiyada 2005-yildan beri ishlab keladi.

O‘zbekistonda rus maktabini tugatgani uchun rus tilida juda yaxshi so‘zlashadi.

Migrant iz Uzbekistana Feruza - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi muhojir ayol hayotidan: musofirchilik qiyinchiliklari va vatan sog‘inchi
"Men Sovet Ittifoqida tug‘ilganman, hatto bog‘chada ham rus guruhiga borganman. Yetti yoshimda buyuk va qudratli tilda so‘zlasha olardim", — deb esga oladi u.

Aytishicha, maktab SSSRdagi eng yaxshi maktab bo‘lgan. 1988-yilda mamlakatdagi maktablar orasida birinchi bo‘lib bir nechta Yamaha kompyuterlari berilgan.

"Sakkizinchi sinfda "informatika" predmeti bo‘lardi. Maktabimizdagi o‘quvchilardan biri umumittifoq olimpiadasida ushbu fan bo‘yicha ikkinchi o‘rinni olgan", — deb maqtanadi Ilhom.

Maktabdan so‘ng Andijondagi elektromexanika texnikumini bitiradi va payvandchi kasbini egallaydi. Boshida u mamlakatdagi turli korxonalarda, xususan, 1993-yilda mashhur Uz-Daewoo zavodida payvandchi bo‘lib ishlaydi. Hattoki Janubiy Kreyaga stajirovkaga ham borib keladi. Shu bilan birga Ilhom ingliz va yapon tillarini o‘rganadi. U AQSh yoki kunchiqar mamlakatga ko‘chib o‘tishni orzu qilar edi. Ammo payvandchi migrantlar uchun maxsus dastur uchun hujjat topshirishga pul topa olmagan ekan.

O‘n yil oldin Ilhoim ilk bor Kazan shahriga ishlashga kelgan.

Komanda Lenta - Sputnik O‘zbekiston
Kutilmagan yulduzlar: migrant futbolchilar Peterburgni hayratda qoldirdi
"U yerda maosh juda kam. 2008-yilda men atigi 10 ming rubl olardim, bu vaqtda Piterdagi yoki Moskvada tanishlarim va vatandoshlarim mendan uch barobar ko‘p topishardi", — deydi u.

Shundan so‘ng do‘stlari unga Peterburgga ko‘chib o‘tishni taklif etadilar va u uzoq o‘ylab o‘tirmay, mana 10-yildirki, bu yerga pul topgani kelib turadi.

Stadion va Peterburgdagi hayoti haqida

"Sankt-Peterburg" stadioniga 2016-yilning bahorida ishga kelgan. U internet orqali ish izlagan va payvandchi kerakligi haqidagi e’longa duch kelgan. O‘zbekistonlik quruvchi JCh-2018 bo‘lajak obyektining tomida shu tariqa paydo bo‘lgan.

Bu yerda yaqindagina Rossiya termasi o‘ziga pley-offga chiqishni ta’minlagan edi.

Migranti na rabote v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevdan yordam so‘ragan migrantlar haqida yangi faktlar ma’lum bo‘ldi

Uning ishi tomni montirovka qilish uchun o‘rnatilgan vaqtinchalik konstruksiyalarni gaz kesgich bilan kesib chiqishdan iborat edi.

"O‘shanda mentomga chiqish imkoniyati qaytib berilmasligini tushunib, o‘sha mashhur selfini olgan edim", — deb izoh beradi svarkachi.

Xullas, Ilhom stadionda ko‘p ishlamadi. Bosh pudratchida jiddiy muammolar aniqlangach, Peterbur hukumati uni tezkor tartibda boshqasiga almashtirishni lozim topadi, bizning qahramonimiz esa oylik to‘lanishida ro‘y berayotgan uzviy uzilishlar haqida xabar topgach, boshqa ish joyiga o‘tadi.

Hozirda o‘zbek ishchisi Peregofdagi korxonalarning birida mehnat qilmoqda. Bu yerda u metallokonstruksiyani payvandlash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

U Peterburg markazida Zagorodniy prospektida bir xonali kvartirani oyiga 15 ming rublga ijaraga olib turadi. Ilhom haftada bir marta dam oladi — yakshanba kunlari, ammo bunday ish grafigiga u allaqachon ko‘nikib ketgan.

Shahar bo‘ylab piyoda harakatlanishni afzal ko‘radi va faqat ish joyiga yetib olish uchun jamoat transportidan foydalanadi.

Futbolga qaytadigan bo‘lsak, u turnirda Rossiya va Germaniya uchun muxlislik qilayotganini aytadi.

Yaxshi qo‘shnichilik va o‘zgarishlar shamoli

Ilhomning aytishicha, u tez-tez vataniga kelib turadi va u yerda Peterburgda qancha vaqt o‘tkazsa, shuncha vaqt o‘tkazadi. Ilhomning fikricha, yangi prezident kelishi bilan O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollari paydo bo‘ldi, davlat odamlar uchun ham yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

Ilhomning xotini va uch qizi Andijon yaqinidagi qishloqda istiqomat qilishadi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ko‘rib chiqdi
"Biz yashaydigan joy Qirg‘iziston bilan chegaradosh tumanda. Bizning yaqinimizda O‘sh shahri joylashgan, u yerda o‘zbek aholisi soni juda ko‘p. U yerda mening o‘rtoqlarim ham ko‘p. Ilgarilari O‘shga o‘tish qiyin masala edi — bir talay tekshiruvlardan o‘tish kerak bo‘lardi, endi esa chegaradan qiyinchiliklarsiz o‘tmoqdamiz.

Uning aytishicha, yangi davlat rahbari nafaqat qo‘shnilar, balki boshqa davlatlardagi investorlar uchun ham O‘zbekistonni ochgan.

"Ilgarilari har bir korxonada davlat kapitali 50 foizni tashkil etardi. Endi esa chet el investorlari paydo bo‘ldi. Bundan tashqari qishloq joylarda o‘z tadbirkorligini rivojlantirish uchun kredit olish mumkin bugun, ilgarilari buni amalga oshirish qiyin edi. Respublika rivojlanmoqda va bu quvonarli", — deb xulosa qiladi suhbatdosh.

Vatanda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib, Ilhomni O‘zbekistonda doimiy ish topish masalasi ko‘proq o‘ylantirmoqda, o‘zga yurtlar haqidagi orzular esa o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.

Yangiliklar lentasi
0