TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. RespublikaVETERAN uyushmasi tashkil topganining 25-yillik sanasi va sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilganiga 30-yil to‘lishi munosabati bilan Toshkentda baynalminal-veteranlar bilan ishlashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkaziladi, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida uyushma raisi Tal’at Muradov.
Jumladan, 1-fevral kuni Toshkentda MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashi huzuridagi jangchi-baynalmillalchilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi o‘tkaziladi. Yig‘ilishda Sobiq Ittifoq Qahramoni Ruslan Aushev, "Boyevoe bratstvo" Butunrossiya veteranlar jamoatchilik tashkiloti yetakchisi Boris Gromov, Mudofaa bo‘yicha Federatsiya kengashi qo‘mitasi sobiq a’zosi Frans Klinsevich hamda Baynalminal-jangchilar qo‘mitasi raisi Aleksey Kovalovlar ishtirok etishadi.
"Shuningdek, 1-fevral kuni, o‘z askarlik burchini ado etayotib halok bo‘lgan 1515 inson ismlari Mustaqillik maydonidagi motamsaro ona memorialiga kiritiladi. Bundan tashqari, bizning do‘stlarimiz va safdoshlarimiz - O‘zbekiston mustaqilligi va konstitutsion tuzumini himoya qilayotib jon fido qilgan ofitserlar familiyalari ham ro‘yxatdan joy oladi. Bu juda ahamiyatli tadbir bo‘lib, biz uni MDH davlatlaridan keladigan jangchi do‘stlarimiz bilan birgalikda nishonlaymiz", - dedi Muradov.
2-fevral kuni tantanali majlisdan keyin "Turkiston" saroyida bayram konserti tashkil etiladi va bu tadbirga respublikaning barcha viloyatlaridagi veteranlar taklif etiladi. Tadbir O‘zbekiston hukumati, Mudofaa vazirligi, "Yoshlar ittifoqi" va jamoatchilik tashkilotlari ko‘magida tashkil etilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1979-yildan 1989-yilga qadar Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan harbiy harakatlarda 65 ming nafarga yaqin o‘zbekistonliklar ishtirok etishgan. Ulardan bir yarim mingga yaqini halok bo‘lishgan, 2,5 mingga yaqini esa jarohat olib, bir umrga nogiron bo‘lib qolishgan.