IIBB fuqarolarni firibgarlar "cho‘pchagiga" ishonmaslikka chaqirdi

© SputnikDevushka smotrit rolik o moshennike
Devushka smotrit rolik o moshennike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Kimnidir "fosh etadigan" "shov-shuvli xabarlarni" chop etayotganda esa ikkinchi tomonni ham eshitish ortiqcha bo‘lmas edi. Ayni vaqtda bu ichki ishlar organlarining emas, balki Baykunusovaga o‘xshagan shaxslarning qonunga xilof harakatlaridan aziyat chekib qolgan ko‘plab jabrdiydalar fikri ham", - deyiladi murojaatda

TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot-xizmati "Garchi kimgadir bu yoqmasada, qilmish uchun jazo muqarrar!" sarlavhada murojaatni e’lon qildi. Unda aytilishicha, internet sarhadidagi ayrim saytlarda Shaxnoza Baykunusova nomidan murojaat tarqatilgan va unda ayolga nisbatan olib borilgan jinoiy ish surishtiruvi noxolis olib borilgani, hujjatlar esa soxtalashtirilgani ta’kidlangan.

Toshkent shahar IIBB o‘z murojaatida hech qayerda ishlamaydigan Sh.Baykunusova ustidan haqiqatda ham shaharning bir nechta tumanlaridan  shikoyat arizalari kelib tushgani va u ustidan besh epizod bo‘yicha Jinoiy Kodeksning 168-moddasiga (firibgarlik) ko‘ra jinoiy ish qo‘zg‘atilganini tasdiqlagan.

Ta’kidlanishicha, Baykunusova va uning sheriklari jabrdiydalarga plastik kartadagi pullarini naqd qilib berish va’dasini berib, kartalarni qo‘lga kiritgach, "ko‘zdan g‘oyib bo‘lish" ishlari bilan shug‘ullanishgan va firibgarlik orqali qo‘lga kiritilgan pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborishgan. Yetkazilgan zararning umumiy miqdori 387 million 970 ming so‘mni tashkil qilgan. Gumonda bo‘lgan vaqtida Baykunusova tergovdan yashirinib yurgan, jabrdiydalarga yetkazilgan katta miqdordagi zarar esa qoplanib berilmagan.

IIBBning ma’lum qilishicha, ushbu munosabat bilan 2018-yil 2-aprel kuni Baykunusova ichki ishlar idorasiga chaqirilgan va shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Jinoiy-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibotiga ko‘ra ("Tergovchi yoki prokuror qaroriga ko‘ra qo‘lga olish")  qo‘lga olingan va vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. 3-aprel kuni ayolga ayb e’lon qilingan. 4-aprel kuni Mirobod tumani jinoiy ishlar sudi Baykunusovaga nisbatan qamoqqa olish jazo chorasini tayinlagan.

O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIB firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Sud tomonidan aybdor deb topilgan Baykunusova sud jarayoni davomida yetkazilgan moddiy zararni qoplagan, shu munosabat bilan Shayxontohur tuman jinoiy ishlar sudi 2018-yil 18-oktabrda ayolga ozodlikdan mahrum etish jazosi o‘rniga 2-yilu 2 oy va 13 kunlik ahloq tuzatish ishlarini tayinlagan.

Sud qarori 2018-yil 28-oktabrda kuchga kirgan.

Toshkent IIBB O‘zbekiston IIV nomiga bo‘layotgan e’tirozlarni asossiz deb hisoblashini va tergov qonun doirasida, obyektiv va xolisona olib borilgani, bu sud tomonidan tasdiqlanganini ma’lum qilgan. Shuningdek, idora internet foydalanuvchilarini mulohazali bo‘lishga chaqirgan.

"Bu turdagi mavzularni muhokama qilayotganda xulosa chiqarishga shoshilmaslik lozim. Kimnidir "fosh etadigan" "shov-shuvli xabarlarni" chop etayotganda esa ikkinchi tomonni ham eshitish ortiqcha bo‘lmas edi. Ayni vaqtda bu ichki ishlar organlarining emas, balki Baykunusovaga o‘xshagan shaxslarning qonunga xilof harakatlaridan aziyat chekib qolgan ko‘plab jabrdiydalar fikri ham", - deyiladi murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0