TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Angrenlik J. Mutavalliyev tuman elektr tarmoqlari idorasida allaqachon ishdan bo‘shagan bo‘lsada, fuqarolarni aldab, ulardan pul undirib kelgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, aslida Jamshid Mutavalliyev bir necha bor firibgarlik jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
2016 yil 10-mart kuni Jamshid Mutavalliyev Firuza Parpiyevaning ishonchiga kirib, u istiqomat kilayotgan xonadonning kommunal to‘lovlarini to‘lab qo‘yishga va’da qiladi va hisobida 550 ming so‘m pul bo‘lgan plastik kartochkasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z extiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
O‘zbekiston IIV "har bir fuqaro o‘z haq-huquqlarini yaxshi anglab, qonunlarni puxta o‘rgansalar, olgan huquqiy bilimlari bunday firibgarlarning nayrangiga qarshi eng samarali vosita bo‘ladi", — deya ogohlantirgan.
"O‘ztransgaz" AK mas’ul xodimi Baxtiyor Po‘latov ham gaz idorasi xodimi va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatning hozirgi ahvolini qoniqarsiz, deb baholab, bundan keyin gaz idorasiga ishga kiruvchining nomzodi har tomonlama o‘rganilishini ma’lum qilgan.