Maktab formasi maxsus shahobchalarda sotilishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShkolnaya forma
Shkolnaya forma  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvini qat’iyan cheklash bo‘yicha choralar ko‘rish kabi qator vazifalar belgilab berildi.

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Joriy yilning 22-yanvar kuni Xalq ta’limi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi "Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida videokonferensiya tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Dilshod Kenjayev, zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Dilshod Kenjayev O‘zbekiston maktablarida 2019-yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida

Majlis davomida 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilayotgani munosabati bilan ta’lim muassasalari, joylardagi xalq ta’limi bo‘limlari va boshqarmalari rahbarlari maktab formalarini vaqtida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun o‘quvchilar soni bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida shakllantirishi lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari tomonidan maktab direktorlarining maktab formasi xaridi bilan bog‘liq masalalarga aralashishi qat’iyan taqiqlanganligi takror va takror aytilishiga qaramasdan ayrim maktab direktorlari ota-onalarga qaysi ishlab chiqaruvchining maktab formasini sotib olishlari kerakligini "tavsiya" qilib kelayotgani tanqid ostiga olindi. Ta’lim muassasasi xodimlari ushbu jarayonlarga aralashmasligi haqida ogohlantirildi.

Maktab formalarini qayerdan va necha puldan olsa bo‘ladi >>>

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantirishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi bilan birga respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shahobchalarini tashkil etishlari, shahobchalarning joylashish manzillarini OAV orqali e’lon qilinishi belgilangan.

Maktab formasi uchun gazlama Koreya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi mumkin >>>

Yig‘ilish yakunida qarorda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar bilan birgalikda maktablarda tashkil etiladigan ota-onalar majlislarida ta’lim muassasalariga maktab formasining afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini doimiy ravishda olib borish, maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvini qat’iyan cheklash bo‘yicha choralar ko‘rish kabi qator vazifalar belgilab berildi.

Yangiliklar lentasi
0