Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi

Obuna bo‘lish
Otabek Nazirov ilgari Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda edi.

TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Nazirov Otabek Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri matbuot xizmati.

Papka s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Davlat aktivlarini boshqarish: yangi agentlikka rahbar tayinlandi

U 2018-yilning mayidan iyuniga qadar innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, bugungi kunga qadar xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tugatilgan va uning o‘rnida uchta yangi tuzilma — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Kapital bozorni rivojlantirish agentligi tashkil etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0