TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Jo‘rayev Nodir Savriddinovich Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.
Nodir Jo‘rayev Toshkent Davlat yuridik universitetini tamomlagan.
2017 yil aprel oyida Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Davlat raqobat qo‘mitasi hamda “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi.
Agentlik o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda olib boradi hamda o‘z faoliyatida bevosita Bosh vazir va Prezidentga bo‘ysunadi va hisobot beradi.