“Ular bizga qarindosh emas” – deputat bo‘rilarni vertolotdan otishni taklif qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskovskiy zoopark
Moskovskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonlik deputatning fikricha, vertolotni korrupsiyaga qarshi kurashishdan tushgan pulga sotib olish mumkin.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Qirg‘izistonda deputat bo‘rilarni vertolotdan otishni taklif qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Shakal - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda qutirgan shoqol odamlarga va uy hayvonlariga tashlanmoqda

Xabarda aytilishicha, majlisda deputat Qirg‘izistonning Norin viloyati Ot-Boshi tumanida bo‘rilar ko‘payib ketgani va ularni otish uchun ovchilar yetishmasligini ma’lum qiladi.

Deputat unga mahalliy aholi har kuni bo‘rilar bir necha otlarni g‘ajib o‘ldirib ketayotgani haqida shikoyat qilishayotganini aytadi. Uning so‘zlariga qaraganda, chorvadorlar oyiga 150 boshgacha chorvasidan mahrum bo‘lishmoqda.

“Bo‘rilar soni oshib ketdi, ovchilar esa yetishmaydi. Odamlar mahalliy hukumatga murojaat qilishga majbur. Korrupsiyaga qarshi kurashishdan tushgan pul hisobiga vertolot sotib olib va undan bo‘rilarni otish tashlasa, yaxshi bo‘lardi. Ular bizga qarindosh emas-ku”, - dedi deputat Kamchibek Joldoshbayev.

Hukumat ushbu masalani yaqin kunlarda ko‘rib chiqsa, yaxshi bo‘lardi, deb qo‘shimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0