O‘zbekistonga 100 ming so‘mlik banknota kerakmi? Sputnik so‘rovi natijalari

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik “O‘zbekistonga 100 ming so‘m qiymatidagi kupura kerakmi?” degan so‘rov natijalarini tahlil qildi.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Sputnik “O‘zbekistonga 100 ming so‘m qiymatidagi kupura kerakmi?” mavzusida so‘rov o‘tkazdi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Senat 100 ming so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qulladi

O‘tgan haftada Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati 100 000 (yuz ming) so‘mlik banknota namunasi va dizaynini ma’qullagan edi.

Markaziy bank tomonidan yirik nominaldagi banknota aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida muomalaga chiqarilmoqda.

Sputnik o‘tkazgan so‘rovda 285 kishi qatnashdi.

So‘rovda qatnashganlarning 36 foizidan ortig‘i respublikada denominatsiyani amalga oshirish kerak, deb hisoblaydi.

35 foizdan ortiq kishilar yangi yirik kupurani muomalaga chiqarish zarurligiga ishonch bilan ovoz berishdi.

So‘rov ishtirokchilarining 16 foizi "ayni vaqtda muomalada bo‘lgan kupuralar yetarli" degan fikrni tasdiqlaganlar.

12 foizdan ko‘pi "O‘zbekistonda allaqachon naqd pulsiz to‘lovga o‘tish vaqti keldi" deya hisoblashlarini bildirganlar.

Yangiliklar lentasi
0