Senat 100 ming so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’qulladi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi nominaldagi banknotning ko‘rinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. 15-yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100000 (yuz ming) so‘mlik banknot namunasi va dizaynini ma’kulladi.

Yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda ko‘ra muomalaga chiqarilmoqda:

- aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota bahorda chiqariladi

- naqd pullarni saqlash va tashish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish;

- aholiga bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatishda samaradorlikni oshirish;

- muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.

100 000 (yuz ming) so‘m qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yangi nominaldagi banknotning ko‘rinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0