The New York Times nima sababdan O‘zbekistonga tashrif buyurishni tavsiya qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGur-Emír — mavzoley Tamerlana (Amira Timura) i yego semi (Timuridov) v Samarkande
Gur-Emír — mavzoley Tamerlana (Amira Timura) i yego semi (Timuridov) v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
The New York Times᾽ning qayd etishicha, mamlakatda sayyohlar uchun qator qulayliklar yaratilgan.

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Amerikaning The New York Times nashri 2019-yilda sayohat qilish kerak bo‘lgan 52 ta yo‘nalishlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni ham qo‘shdi.

O‘zbekiston reytingning 34-pog‘onasidan o‘rin oldi.

“Qachonlardir Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilishni istagan bo‘lsangiz, hozir buning ayni vaqti. Sovet ittifoqi parchalangandan so‘ng 25-yil o‘tib, ushbu tarixiy yo‘lning eng diqqatga sazovor hududlarini o‘z ichiga olgan O‘zbekistonda qator islohotlar kuzatilmoqda”, - deya yozadi nashr.

Shavkat Mirziyoyev provel videoselektornoe soveshanie po voprosam uskoreniya realizatsii investitsionnix proyektov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: 2019-yil turizm rivojida tub burilish yili bo‘ladi

The New York Times᾽ning qayd etishicha, mamlakatda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, valyuta ayirboshlash tizimining takomillashgani, aviachiptalarni band qilish va viza uchun onlayn ariza berish imkoniyatlari eng yaxshi islohotlar sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, Amerika va qator boshqa davlatlar fuqarolari uchun 5 kun muddatga amal qiluvchi, Fransiya fuqarolariga esa 30 kun muddatga amal qiluvchi vizasiz rejim joriy etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlar uchun yagona viza ustida ishlamoqda.

O‘zbekistonni turizm makkasiga aylantirish uchun nima qilish kerak

Nashr reytingiga Gruziyaning Batumi va Rossiyaning Baykal ko‘li kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0