Venesuela prezidenti Maduroga suiqasd uyushtirildi

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro
Prezident Bolivarianskoy Respubliki Venesuela Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internetda Venesuela prezidenti Maduroga uyushtirilgan suiqasd videolavhasi paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyushtirildi, deb xabar qilmoqda RussiaToday telekanali.

Muvaffaqiyatsiz suiqasd aks etgan videolavha telekanal sahifasida joylashtirilgan. Unda prezident Maduro milliy iqtisodni tiklashga bag‘ishlangan namoyish vaqtida nutq so‘zlayotganda portlash ovozi eshitaladi. Portlashdan so‘ng tansoqchilari prezidentni darhol uni o‘rab olishadi va kevlar qalqonlar bilan himoya qilishadi.

Shundan so‘zng prezident nutq so‘zlashdan to‘xtab qo‘riqchilar himoyasi ostida minbarni tark etadi. Shu vaqt ikkinchi portlash tovushi eshitiladi.

Venesuela Axborot va aloqa vaziri Xorxe Rodriges xabariga ko‘ra, ushbu suiqasd portlovchi moddalar o‘rnatilgan dronlar yordamida amalga oshirilgan. Maduro nutq so‘zlayotgan minbar tomon uchib kelayotgan dronlardan birini snayper urib tushirgan. Portlash oqibatida 7 nafar askar jarohat olgan.

Venesuela prezidentiga uyushtirilgan ushbu hujum uchun javobgarlikni isonchi politsiyachi Oskar Peres bilan bog‘liq bo‘lgan “Flanel askarlar” yashirin muxolifatchi guruh a’zolari bo‘ynlariga olishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning iyun oyida Oskar Peres boshchiligidagi bir guruh  Venesuela maxsus xizmati xodimlari hukumatga qarshi ison uyushtirishgan edi. Ular politsiya vertolotini olib qochib, IIV va Oliy sud binolariga granatalar tashlagan edi. Peres 2018-yilning yanvarida hukumat qo‘shnlari tomonidan qo‘lga olish vaqti yo‘q qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0