O‘zbekistonda Rossiyaning eng nomdor tibbiyot oliygohlari bo‘limlari ochilmoqda

© Press-slujba Ministerstva Zdravooxraneniya UzbekistanaMeditsinskiy rabotnik
Meditsinskiy rabotnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektorining aytishicha, talabalar ta’limning bir davrini O‘zbekistonda, so‘ng uchinchi yoki to‘rtinchi bosqichdan boshlab Rossiyada davom ettirishadi va ushbu xalqaro fakultetlar talabalari O‘zbekiston oliygohi hamda Rossiya oliygohi (xalqaro) diplomlarini olishadi

TOShKENT, 23 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti qo‘shma xalqaro fakulteti tashkil etiladi. Bu borada ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, dedi Xalqaro Press Klubning sog‘liqni saqlash sohasi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident: Shifokor bemor kelishini kutmasin, kasallikning oldini olsin

Axatovning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekiston va xorij davlatlar oliygohlari hamkorligida 20dan ziyod loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan va bu borada Sog‘liqni saqlash hamda oliy ta’lim vazirligi bilan chora tadbirlar rejasi tuzilgan. 

"Bu yil rejalar juda katta. Birinchidan, Markaziy osiyo mintaqasida O‘zbekistonni ta’lim xabiga aylantirishni rejalashtirganmiz. Shundan kelib chiqib, xorijdagi elchixonalarimiz yordamida Murojaatnomada prezidentimiz tomonidan sanab o‘tilgan davlatlar: Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Italiya, Hindiston, Turkiya va Germaniya davlatlari bilan loyihalarni amalga oshirishni boshladik. Loyihalarning aksariyati tibbiyot sohasidagi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro standartlarga yetkazishga qaratilgan", - dedi diplomat.

Axatov shuningdek, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ta’lim forumi o‘tkazilgani va unda 130ta shartnoma imzolanganini eslatdi hamda ushbu kelishuvlarning bir qismi, ya’ni 17ta loyiha joriy yilda amalga oshirilishini aytib o‘tdi.

Axatovning so‘zlariga ko‘ra, 2019-2020 yilgi o‘quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshida Sankt Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma xalqaro fakultet tashkil etiladi.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida Orenburg tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda "Stomatologiya ishi", Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi hamkorligida "Jamoat salomatligi" yo‘nalishida fakultetlar ochiladi.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Chet elda ishlayotgan15 nafar shifokor O‘zbekistonga qaytadi

2019-2020 yilda Rossiyaning eng nufuzli tibbiyot universiteti Toshkent tibbiyot akademiyasida Rossiyaning Sechenov nomidagi tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Sog‘liqni saqlash menejerini tayyorlash bo‘yicha magistratura qo‘shma dasturi tashkil etilib, akademiyada magistrlarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori Botir Daminovning aytishicha, talabalar ta’limning bir davrini O‘zbekistonda, so‘ng uchinchi yoki to‘rtinchi bosqichdan boshlab Rossiyada davom ettirishadi va ushbu xalqaro fakultetlar talabalari O‘zbekiston oliygohi hamda Rossiya oliygohi (xalqaro) diplomini olishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayevga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida ayni paytda 25 000 ga yaqin o‘zbek o‘quvchi-yoshlar ta’lim olmoqdalar va har yili ular soni o‘rtacha 7500 ga oshib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0