Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi

© Press-slujba prezidentaShavkatu Mirziyoyevu pokazali nadpisi na Reyxstage
Shavkatu Mirziyoyevu pokazali nadpisi na Reyxstage - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida o‘zbekistonlik askarlar tomonidan 1945-yilda qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi.

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Berlinda Bendestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev i Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Merkel uchrashuvi: O‘zbekiston va Germaniya 8 milliard yevrolik kelishuvga erishdi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston prezidentiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida so‘zlab berildi va uning tarixiy qismi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ma’lumot uchun: Bundestag binosi 1999-yilga qadar Reyxstag deb atalgan.  

Ekskursiya davomida Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘zbekistonlik askarlar tomonidan, Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi. 1945-yilning may oyida qoldirgan ko‘plab yozuvlar orasida “Tashkent” degan yozuv va o‘zbek askarlarning ismi shariflari ham bor ham bor.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNadpis "Tashkent" na stene Reyxstaga
Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi - Sputnik O‘zbekiston
Nadpis "Tashkent" na stene Reyxstaga

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyovning Germaniya tashrifi 22-yanvarga qadar davom etadi. 22-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Bavariya Bosh vaziri Markus Zoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

© Press-slujba prezidentaZdanie Bundestaga
Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi - Sputnik O‘zbekiston
Zdanie Bundestaga
Yangiliklar lentasi
0