Karpov: O‘zbekistonda Karlsendan chempionlik unvonini tortib olishga qodir shaxmatchilar bor

© SputnikAnatoliy Karpov
Anatoliy Karpov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik grossmeyster Anatoliy Karpov hozirgi shaxmatchilarning kelajakdagi istiqbollari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiyalik grossmeyster Anatoliy Karpov hozirgi shaxmatchilarning kelajakdagi istiqbollari haqidagi fikrlarini Sputnik O‘zbekiston᾽ga bildirib o‘tdi.

Molodejnaya sbornaya Uzbekistana po shaxmatam stala chempionom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi ilk bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi

“Yosh iste’dodlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, Rossiyada, Ukrainada, Belarusda hozircha amaldagi jahon chempion Magnus Karlsendan unvonini tortib olishlari mumkin bo‘lgan da’vogarlar yo‘q. Kavkazda ham biror da’vogarni ko‘rmayabman. O‘zbekistonda esa juda iste’dodli shaxmatchilar bor”, - dedi shaxmat bo‘yicha uch karra jahon chempioni Karpov.

Shuningdek, Karpov Hindiston va Xitoyda ham kelajakda Karlsenni chempionlik unvonidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan kuchli shaxmatchilar borligini ta’kidladi.

Karpov: shaxmat Rossiyaga O‘zbekistondan kirib kelgan bo‘lishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida shaxmatning blis va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida qatnashgan 16 yoshli Shamsiddin Vohidov rapid yo‘nalishidagi bahslarning ikkinchi raundida amaldagi jahon chempioni, Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0