O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi ilk bor Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi

© FIDEMolodejnaya sbornaya Uzbekistana po shaxmatam stala chempionom
Molodejnaya sbornaya Uzbekistana po shaxmatam stala chempionom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘smirlar jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta o‘smirlar terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonlik yosh shaxmat ustalari musobaqa davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova kabi terma jamoalarni mag‘lubi etganlar. Bir turda amerikalik raqiblarga imkoniyat boy berilgan xolos. Natijada o‘zbekistonlik shaxmatchilar birinchi o‘rinni egallashgan.

Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston termasi sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi.

Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi 2018-yil 24-noyabr – 3-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0