Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, davlat barcha din vakillariga hurmat bilan munosabat qiladi.
Open Doors inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot O‘zbekistonni xristianlarni chiqishtirmaslik darajada yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi va 50 ta davlatdan 17-chi o‘ringa joylashtirdi.
Ro‘yxatga O‘zbekistonning Markaziy Osiyo bo‘yicha qo‘shnilari — Tojikiston (29-o‘rin) va Qozog‘iston (34-o‘rin) kirgan.
Ko‘p konfessiyali va ko‘p millatli Rossiya ro‘yxatda 41-o‘rinni egallagan. Rossiyalik ekspertlar bu reytingni siyosiylashtirilgan deb atadi hamda KXDRda deyarli hech qanday xristian yo‘qligini, shuning uchun mazkur mamlakatni ro‘yxatga kiritishning o‘zi noto‘g‘riligini bildirdi.
Turli millatlar va dinlarga nisbatan bag‘rikenglik va hurmat bilan munosabatda bo‘lgan O‘zbekistondagi hozirgi vaziyat mazkur ro‘yxatga umuman to‘g‘ri kelmaydi.
20 yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Cho‘qintirish marosimida O‘zbekiston Vikentiysi xorijiy tashkilotning ushbu ma’lumotlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
“Men shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, O‘zbekistonda bunga yaqin bo‘lgan hech narsa yo‘q. O‘zbekiston barcha an’anaviy dinlarga hurmat bilan qaraydi, ayniqsa, xristian diniga, buning ustiga xristian dini eng qadimiy dinlardan biri sanalib, mamlakatda din vakillari soni bo‘yicha ham ikkinchi o‘rinda turadi.
Respublikada o‘tgan Rojdestvo va Cho‘qintirish bayramlari bu yerda pravoslavlarning qay darajada hurmatga sazovor ekanligini yana bir bor isbotlaydi... Barcha xavfsizlik xizmatlari bizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, barcha bayramlarni munosib nishonlashimizni ta’minladi”, — deydi metropolit.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston prezidentiga xristianlarga doimiy e’tibor va mamlakatda targ‘ib etilgan xalqlar o‘rtasida bag‘rikenglik va do‘stlik siyosati uchun ham minnatdorlik izhor etdi.