Toshkentda 10 kishidan iborat jinoyatchilar oilasi qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZaderjanie podozrevayemix v sovershenii prestupleniya
Zaderjanie podozrevayemix v sovershenii prestupleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 10 kishidan iborat jinoyatchilar oilasi qo‘lga olish vaqti IIB xodimlariga qattiq qarshilik ko‘rsatdi.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini qo‘lga olish vaqti uning oila a’zolari tomonidan qattiq qarshilikka uchradi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Avtomobil na moyke - Sputnik O‘zbekiston
IIBB avtoyuvish shahobchalaridagi jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslik uchun tavsiyalar berdi

26-yoshli Toshmatov Voxidjon Ulugbekovich - bir necha bor sudlangan, ayni damda JKning 168 moddasi (Tovlamachilik) bandiga ko‘ra amalga oshirgan jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan. Uning oila a’zolari, jinoyatchini qo‘lga olish uchun kelgan ikki nafar IIB xodimlariga tan jarohatlari yetkazishgan.

Yetib kelgan IIBB xodimlarining qo‘shimcha naradi yordamida xonadonda bo‘lgan 10 kishi ushlangan. Ularning hujjatlari tekshirilganda ularning barchasi bir oila a’zolari ekanligi va ushbu oilaning 3  nafar a’zolari bir qator jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgani aniqlangan.

Xususan, 46-yoshli Soxibova Odina Solijonovna - Farg‘ona viloyat IIB tomonidan “Tovlamachilik” jinoyati amalga oshirishda gumonlanib qidiruvda bo‘lgan.

Voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB haydovchilik guvohnomasini almashtirishga oid ma’lumotni taqdim etdi

22 yoshli Soxibov Ozodbek Shuxratovich – Toshkent viloyati IIBB tomonidan O‘zbekiston JKning 277 moddasiga binoan (Bezorilik) jinoyatida ayblanib qidiruvda bo‘lgan.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB fuqarolar:  Tashmatov Voxidjon Ulug‘bekovich 1992 y.t.,  Soxibova Odina Solijonovna 1972 y.t., Soxibov Ozodbek Shuxratovich 1997 y.t., Tashmatov Zoxid Ulug‘bekovich 1994 y.t., Tashmatov Ulug‘bek Zulumbekovich 1969 y.t., Tashmatova Laylo Ulug‘bekovna 2000 y.t., Tashmatov Burxon Luqmonovich 1991 y.t., tomonidan Toshkent shahri hududida “Tovlamachilik” jinoyatlari amalga oshirilganligi haqida ma’lumotga ega.

Ushbu munosabat bilan, Toshkent shahar aholisi va mehmonlari orasida ushbu fuqarolar hatti-harakatidan jabrlanganlar bo‘lsa - IIBga shaxsan yoki 102 telefon raqami orqali murojaat qilishlarini so‘raydi.

Jinoyatchilik haqida batafsil ma’lumot va fotosuratlar uchun IIBB sahifasiga murojaat qiling.

Yangiliklar lentasi
0