Toshkent IIBB haydovchilik guvohnomasini almashtirishga oid ma’lumotni taqdim etdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishV Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa
V Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas, deb topiladi.

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Toshkent IIBB haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan holatga aniqlik kiritdi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobillarni ijaraga berish tartibi tasdiqlandi

Xabarda aytilishicha, 2020-yilning oxirigacha haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlarida faqat eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi, talon, texpasport va eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida to‘lov talab qilinadi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2020-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Ayni damda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bo‘yicha Toshkent shahrining 7 ta tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, “navbatsiz” xizmat ko‘rsatish faqat Davlat xizmatlar markazlarida amalga oshiriladi. Uning narxi eng kam ish haqining 60 foizini tashkil etadi. Mazkur xizmat tashkilot uchun ish vaqti bo‘lmagan – soat 13:00 dan 14:00 gacha hamda soat 18:00 dan 19:00 gacha amalga oshiriladi.

IIBB xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda yana 4 ta Davlat xizmatlari markazlari texnik imkoniyatlarga ega bo‘lib, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunasiga almashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni boshlashdi. Bu esa o‘z navbatida haydovchilik guvohnomalarini almashtirish jarayonini tezlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0